4. -qaq, -käk//-ğaq, -gäk//ğuq, -gük affiksiodga qo‘shilib, mahdudlik, chegaralanganlik, fe’lga qo‘shilganda esa qurol, vosita ma’nosini bildiradi. Jarangsiz undosh bilan tugagan qalin negizga –qaq, ingichkasiga –käk varianti qo‘shiladi: qïzğaq (<qïz “ochkoʻz”) “yomonlik”, orğaq (<or “oʻrmoq”) “oʻroq”, qačqaq (<qač “qochmoq”) “qochoq”, qazğuq (<qaz- “qazimoq”) “qoziq” va h.k.
5. -qu, -kü//-ğu, -gü qo‘shimchasining ham negizga qo‘shilish tartibi bundan oldingi qo‘shimchaniki singari bo‘lib, mavhumlik ma’nosini bildiradi: belgü (<bel “tepalik”) “belgi”, oğlanğu (<oğlan “oʻgʻlon”) “yoshlik, bolalik”, esängü (<esän “eson”) “esonlik, omonlik”, inčkü (<inč “tinch”) “tinchlik”.
6. -taš, -täš//-daš, -däš qo‘shimchasi hozirgi o‘zbek tilidagi –dosh ning o‘zidir. Negizga qo‘shilish tartibi bundan oldingi qo‘shimchaniki singaridir: qadash (<qa “qarindosh”) “tug‘ishgan”.
7. -š qo‘shimchasi undosh bilan tugagan so‘zlarga birikkanda, oldiga tor unli qo‘shiladi: bağïš (“bog‘, boylam”) “arqon”, küsüš (“istamoq”) “istak”, bögüš (“dono”) “tushunish”, alqïš (“maqtamoq”) “maqtov, alqov”, uruš (“urmoq”) “urush”.
8. -sïq, -suq, -sük qo‘shimchasi. Birinchi varianti qalin negizga, ikkinchisi ingichka negizga qo‘shiladi. Otdan ot yoki sifat yasaydi: kün batsïq (“botmoq”) “Gʻarb”, kün toğsuq (“tugʻmoq, chiqmoq”) “Sharq”, bağïrsuq (jigar”) “ichak”.
9. –m(-im, -ïm, -um, -üm) qo‘shimchasi undosh bilan tugagan negizlarga qo‘shilganda, oldida bir tor unli paydo bo‘ladi. Bu unlining sifati negizning qalin-ingichkaligi va tarkibidagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog‘liq. Fe’ldan anglashilgan harakat bilan bog‘liq narsa-predmetni bildiradi: alïm (“olmoq”) “qarz” (qarz berganga nisbatan), berim (“bermoq”) “qarz” (qarzdorga nisbatan), ölüm (<öl- “o‘lmoq”) “o‘lim”, kädim (“kiymoq”) “kiyim”.
Do'stlaringiz bilan baham: |