16. –a, -ä, -ï, -I qo‘shimchasi. Bu qo‘shimcha variantlarining qo‘shilishi negizning qalin-ingichkaligi va tarkibidagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog‘liq. Harakat natijasini anglatadi: qaya (<qay- “qayrilmoq”) “qoya”, yazï (<yaz- “yoymoq”) “cho‘l, dala”, egri (<egir- “buramoq, aylantirmoq”) “egri”.
17. -ğa, -gä qo‘shimchasi. Negizga qo‘shilish tartibi yuqoridagi qo‘shimchaniki singaridir. Fe’l bildirgan harakatga ega shaxsni anglatadi: bilgä (<bil-“bilmoq”) “olim, dono”, ögä (<ög-“anglamoq”) “oqil”.
18. -qïč, -ğač, -ğuč qo‘shimchasi. Qaysi variantining ishlatilishi negizning qalin-ingichkaligi, oxirgi tovushning jarangli-jarangsizligi va oxirgi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog‘liq. Bu qo‘shimcha qurol nomi yasaydi: ačqïč (“ochmoq”) “ochqich, kalit”, yulğuč (<yul- “yulmoq”) “ombir”, qïsğač (<qïs- “qismoq”) “qisqich”.
19. -qïn, ğïn, -kin qo‘shimchasi. Qaysi variantining qo‘shilishi negizning qalinligi, oxirgi bo‘g‘indagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog‘liq, jaranglilik-jarangsizlilik uyg‘unligi buzilishi mumkin. Fe’ldan anglashilgan harakatni bajaruvchi yoki shu harakatga mahkum shaxs ma’nosini bildiradi: qačǧïn (-“qoch”) “qochqin”, barqïn (“bormoq”) “yo‘lovchi”, terkin (<ter-“yigʻmoq”) “yigʻin, majlis”.
Koʻk turk manbalarida ot yasalishining analitik shakli ham amal qilgan: bitigtaš “yodgorlik”, sübašï “sarkarda, lashkarboshi”, kün ortu “Janub”, tün ortu “Shimol”.
Qadimgi turkiy tilda kompozitsiya usulida yasalgan toponim va gidronimlar uchraydi: Temir qapïğ, Qaraqum, Qara köl, Yinjüögüz, Yašïl ögüz.
Koʻk turk manbalarida “shahar” ma’nosida balïq, uluš, känt (kän-ken), ordu kabi soʻzlarni shahar nomlarining tarkibida koʻrish mumkin: Bešbalïq, Quzuluš, Quzordu, Tärkän, Äbäkän.
Qadimgi turkiy tilda –ak, äk, -qï, -ki, -čïq, -čik, -č kabi kichraytuv va erkalash affikslari uchraydi: yolaq (<yol “yo‘l”) “so‘qmoq”, oǧlančïq (“yigit”) “yigitcha”, ataqï (<ata “ota”) “otajon”, anač (“ona”) “onajon”.
Do'stlaringiz bilan baham: |