O‘quv materialari (MA’ruzalar) 1-modul. Qadimgi turkiy til. Grafika
Download 0.95 Mb.
|
1-Ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koʻmakchili boshqaruvda
Kelishikli boshqaruv:
a) tushum kelishigi vositasida: oğuzuğ öküšäk ölürti – oʻgʻuzni koʻplab oʻldirdi; b) jo‘nalish kelishigi orqali: Ötükän yïšğaru uduztïm – Oʻtukan yishga yoʻnaltirdim; v) o‘rin-payt kelishigi vositasida: Qara költä suŋušdïmïz – Qora koʻlda jang qildik; g) vosita kelishigi yordamida: Yüz artïq oqun urtï – yuzdan ortiq o‘q bilan urdi. Koʻmakchili boshqaruvda ot yoki ot ma’nosidagi so‘zlar ko‘makchilar bilan birikib, hokim so‘zga bog‘lanadi: Kültegin birlä…. Ba’zi o‘rinlarda ma’lum kelishik shaklini olgan ot yoki olmosh ko‘makchiga bog‘lanib, u bilan birga hokim so‘zga birikadi: Tämir qapïğqa tegi – Temir qapigʻ (darvoza)ga qadar. Misollardan ko‘rinadiki, boshqariluvchi tobe so‘z ot yoki otlashgan so‘z bo‘lib, ma’lum kelishik formasini oladi yoki ko‘makchi bilan birikadi. Boshqaruvchi so‘z esa fe’l yoki harakat bildiruvchi so‘zlar bo‘ladi. Ammo ba’zan boshqaruvchi so‘z sifat, ravish, ko‘makchi yoki shu vazifadagi so‘z bo‘lishi ham mumkin: biznitä adïn – bizdan boshqa. Moslashuv. Qadimgi turkiy tilda moslashuv ikki otning qaratqich kelishigi yordamida birikuvidan hosil bo‘lgan. Hozirgi o‘zbek tilida bo‘lgani kabi qadimgi turkiy tilda ham qaratqich belgili va belgisiz shaklda qo‘llangan. Masalan: belgili - meniŋ bodunum erti; Bilgä qağanïŋ bodunï; belgisiz – Körüg sabï antağ – koʻruvchining xabari shunday, Ozïm qutïm – oʻzimning baxtim. Izofa. Turkiy tillarda sifatlovchi sifatlanmishiga bitishuv usuli bilan tobelanadi. Aniqlovchning yana bir turi borki, u tilshunoslikda turkiy izofa deb yuritiladi. Turkiy tillarda gap bo‘laklari, boshqa tillar, xususan, hind-yevropa tillari oilasidagiga nisbatan o‘zining muntazam joylashish tartibiga ega. Izofa ikki otning aniqlovchilik munosabatiga kirishuvidir. Bunday munosabatda biror shaxs, narsa-predmet yoki tushunchaning boshqa bir shaxs, narsa-predmet yoki tushunchaga qarashliligi ko‘rsatiladi. Ikki ot orasidagi bunday munosabat maxsus affikslar orqali ifodalanadi: tobe so‘zda qaratqich kelishigi qo‘shimchasi (-niŋ), hokim so‘zda egalik affikslari -(i)m, -(iŋ), -i (si); -(i) miz, -(i) ŋiz,-(lar)i bo‘ladi. Izofada hokim so‘z qaysi shaxsni ko‘rsatsa, tobe so‘z ham leksik ma’nosiga ko‘ra o‘sha shaxsga ishora qiladi. Shuning uchun ham izofa moslashuv aloqasining bir ko‘rinishi hisoblanadi. Izofa qismlarning shakllanishiga ko‘ra uch xil bo‘ladi: I. Izofa birikmasining har ikki qismi belgisiz bo‘ladi: türk bodun – turk xalqi, Kökmän tağ – Kogman togʻi. Mazkur tipdagi izofali birikmalar bugungi kunda qumiq tilida ko‘p uchraydi. II. Izofa birikmasining biror qismi belgisiz bo‘ladi: El törüsü – el(davlat)ning qonun qoidalari, Bodun boğzï – xalqning noni (doni). Bu tipdagi izofali birikmalar hozirda chuvash tilida ko‘p kuzatiladi. III. Izofa birikmasining har ikki qismida qo‘shimchalar mavjud bo‘ladi: Külteginiŋ altunï – Kulteginning oltini, Türk bodunïn eli… - turk xalqining eli. III tipdagi izofalar nisbatan keyingi davrlarda yuzaga kelgan bo‘lib, II tip izofalardagi ma’noning aniqlashuvi natijasida shakllangan21. Qadimgi turkiy tilda va undan keyingi davrga oid yodgorliklarda ham izofa birikmasi uch ko‘rinishga ega bo‘lib, bu shakllar birgalikda qo‘llangan. Shuning uchun ham izofa birikmasining belgisiz shakllaridan belgili shakllari kelib chiqadi, deb hukm chiqarish qiyin (at baš> at bašï> atnïŋ bašï). Ayrim belgisiz birikmalar belgiliga aylangan bo‘lsa, ba’zi belgili izofa birikmalar belgisiz birikmalarga o‘tgan22. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling