O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


o’qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari”


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

o’qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi farmoni ushbu 
yo’nalishdagi vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, yuqori malakali chet tili o’qituvchilarini 
tayyorlash, ta’limida axborot va media-texnologiyalardan keng foydalanish, darsda interfaol 
metodlarni qo’llash kabi vazifalar shular sirasidandir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidkentining 2013 yil 23 maydagi PQ-1971-sonli 
“O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi qarorida O’zbekiston davlat tillari universitetiga chet tillari o’qitishning zamonaviy 
pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish malakasiga ega bo’lgan 
umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun chet tillari bo’yicha yuqori 
malakali o’qituvchilarni tayyorlash vazifasi yuklatilgan. “Axborot texnologiyalari” fanining 
maqsadi aynan mana shu ustivor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan. 
 
Ta'limning texnika vositalari (TTV lar) tushunchasi. TTV lar klassifikatsiyasi. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari o'quv texnik vositalari 
Ta'limning texnika vositalari (TTV lar) – o'quv-tarbiya jarayonida uni optimallashtirish 
maqsadida axborotni taqdim qilish va unga ishlov berish uchun qo'llaniladigan, didaktik 



ta'minotga ega bo'lgan texnika vositalari majmui hisoblanadi. TTV lar ikkita tushunchani o'z 
ichiga oladi, bular: texnik qurilmalar (apparatura) va shu qurilmalar yordamida qayta 
tiklanadigan (namoyish qilinadigan, eshittiriladigan) ta'limning didaktik vositalari (axborot 
tashuvchilar)dan iborat. 
TTV larning tuzilishi, funktsional imkoniyatlari, axborotni taqdim qilish u sullari xilma-xil 
ekanligi munosabati bilan ularni klassifikatsiyalash (tasniflash) murakkab.
Quyida ularning asosiy xususiyatlari bo'yicha tasniflash yo'nalishlarini sanab o'tamiz:
1. funktsional vazifalari (hal etiladigan o'quv-tarbiyaviy vazifalar xususiyati) bo'yicha; 
2. tuzilishi va ishlash printsipi bo'yicha;
3. har xil ta'lim turlarida qo'llanilishi bo'yicha;
4. ishlash mantiqi bo'yicha;
5. sezgi a'zolariga ta'siri xususiyatlari bo'yicha;
6. axborotni taqdim qilish xususiyatlari bo'yicha.
Funktsional vazifalari bo'yicha TTV larni o'quv axborotini uzatish, bilimlarni 
(o'zlashtirishni) nazorat qilish, trenajyorlar, o'qitish va o'zini o'qitish va yordamchi texnika 
vositalariga ajratiladi. Bundan tashqari, har xil vazifalarni bajarish funktsiyalarini o'zida 
mujassamlashtirgan - kombinatsiyalashtirilgan texnika vositalari ham mavjud. 
Axborot uzatish texnika vositalari: 
 -diaproektorlar; 
 -grafoproektorlar; 
 -epiproektorlar; 
 -magnitofonlar; 
-radioqurilmalar
 -musiqiy markazlar (audio tizimlar);
 -proigrivatellar: 
 -radiouzellar: 
 -kinoproektorlar va kinoqurilmalar: 
 -televizorlar: 
 -videomagnitofonlar: 
 -Kompyuter va boshqalar. 
Bugungi kunda, o'qish jarayonini yangi axborot tehnologiyalarni qo'llanilishisiz tasavvur 
qilib bo'lmaydi. Bu o'z navbatda: 
 programmalashtirilgan o'qitish (bilimlarni o'zlashtirish jarayonini avtomatlashtirilgan 
dastur asosida boshqarish yo'li bilan o'qitish),
 interfaol o'qitish, multimedia taqdimotlar,
 Internet resurslar,
 dasturiy vositalar va x.k.larni o'z ichiga olgan.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling