8
Pоrtаtiv kompyuterlar yo’lda olib yurishga mo’ljallangan ko’chma shaxsiy
kompyuterlardir. Pоrtаtiv
kompyuterlarga Lap Top, Note Book,
Palm Top, Elеktrоn kоtiblаr
(PDA), organizer kabi kompyuterlarni kiritish mumkin.
Kompyuter ikkita tarkibiy qismdan iborat. Ular asosiy va qo’shimcha qurilmalardir.
Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagicha:
1. Tizimli blok.
2. Ekran (Monitor).
3. Klaviatura.
4. Sichqoncha.
Tizimli (Sistemaviy) blok – kompyuterning asosiy qismi bo’lib, o’z
ichiga quyidagi
elementlarni jamlaydi:
Ona plata;
mikroprotsessor;
qattiq disk (HDD-vinchester) ;
Operativ xotira (OZU) ;
CD-ROM (CD-RW), DVD-ROM, (DVD-RW);
tashqi qurilmalar kontrolleri;
shinalar;
elektr ta’minoti bloki va boshqalar.
Ona plata – asosiy elektron sxema bo’lib, unga tashqi qurilmalar kontrollerlari shina
orqali ulanadi,
unga mikroprotsessor, BIOS, operativ xotira, tizimli
plataning mikrosxemalar
to’plami, ikkinchi pog’ona kesh-xotira (kesh L2), shina razyomlari,
tizimli soat hamda CMOS
uchun elektr manbai (batareya), kiritish-chiqarish mikrosxemasi kabi elementlar tikiladi va
tashqi qurilmalar kontrollerlari o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: