O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

Mikroprotsessor (CPU) arifmetik-mantiqiy qurilma bo’lib, kompyuterning «yuragi» 
hisoblanadi. Dаstur yordаmidа bеrilgаn mа
ʼ lumоtlаrni o’zgаrtirаdigаn, hаmmа hisоblаsh 
jаrаyonlаrini bоshqаrаdigаn hаmdа hisоblаsh ishlаrigа tеgishli mоslаmаlаrning o’zаrо аlоqаsini 
o’rnаtаdigаn qurilmа – mikroprоtsеssоr dеb аtаlаdi. Аrifmеtik vа mаntiqiy аmаllаrni bаjаrish
xоtirаgа murоjааt qilish, dаsturdаgi ko’rsаtmаlаrning bеrilgаn kеtmа-kеtlikdа bаjаrilishini 
bоshqаrish vа bоshqа аmаllаr mikroprоtsеssоr zimmаsidаdir.
Qattiq disk (HDD) tashqi xotira hisoblanib, kompyuterda asosiy axborot saqlovchi 
qurilmadir. Unda barcha dastur va ma
ʼ lumotlar saqlanadi. Qattiq disklarda tashuvchilar 
aylanadigan ferromagnetik qatlam bilan qoplangan alyuminiyli va karamikali disklardan iborat 
bo’lgani uchun ko’pincha qattiq disk deb ataladi. Qattiq disk o‘lchamlari turlicha bo’lishi 
mumkin. Hozirgi kunda vinchesterlarning 80-1000 Gb dan 1 Tb gacha bo’lgan o’lchamdagi 
turlari mavjud.



Operativ (tezkor) xotira (DDR) - bu protsessorning ishchi sohasidir. Unda ish vaqtidagi 
barcha dastur va ma
ʼ lumotlar saqlanadi. Operativ xotira kopincha vaqtinchalik xotira deb ham 
ataladi, chunki undagi dastur va ma’lumotlar faqat kompyuter yoqiqligida yoki kompyuter qayta 
yuklangunicha saqlanadi. Kompyuter ochirilishidan yoki qayta yuklanishidan oldin barcha 
ma
ʼ lumotlar saqlab qo‘yilishi lozim. Operativ xotiraning 256, 512 Mb, 1 Gb, 2 Gb li turlari 
mavjud.
CD-ROM (Compact Disk) va DVD-ROM (Digital Versatile Disk). Disklardagi 
ma
ʼ lumotlarni o’qish va ularga maʼ lumotlar yozish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Dastlab 
bunday tashuvchilar ma
ʼ lumotlarni faqat o’qish uchun mo’ljallangan bo’lib, ulardagi 
ma’lumotlarni o’zgartirish va qaytadan yozish imkoniyati yo’q edi. Hozir disk va disk 
yurituvchilarning ma
ʼ lumotlarni yozadigan (writeable) va ko’p marotaba yozadigan 
(rewriteable) modellari mavjud.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling