O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari
Interfaol doskalarning turlari
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teskari proektsiyali interfaol doskalar
- Faol va passiv interfaol doskalar boladi. Faol elektron doska
- Passiv elektron doska
Interfaol doskalarning turlari
Interfaol doskalar proektorning doska yuzasiga nisbatan joylashuvi turiga ko'ra to'g'ri va teskari proektsiyali bo'ladi. To'g'ri proektsiyali interfaol doskalar bilan ishlashda proektor elektron doskaning oldiga o'rnatiladi. Bunday doskalar bilan bevosita doskaning yaqinida joylashtirish mumkin bo'lgan qisqa fokusli va ul`traqisqa fokusli proektorlardan soyalar, shu'lalar va yorug'lik dog'lari tasvirni buzmasligi va to'sib qo'ymasligi uchun foydalanish tavsiya qilinadi. Eng qulayi proektorni devorga mahkamlanadigan moslama yordamida o'rnatish hisoblanadi. Shunday o'rnatilganda proektorning nuri proektsiyalanayotgan tasvirlar bilan ishlayotgan foydalanuvchining ko'zini qamashtirmaydi, foydalanuvchining o'zi esa, nurning yo'liga to'siq bo'lmaydi. Teskari proektsiyali interfaol doskalar bilan ishlash uchun proektorni elektron doskaning orqasiga o'rnatiladi, bunda proektsiyalanayotgan tasvirga foydalanuvchining soyasi tushmaydi, proektorning nuri esa, tasvir bilan ishlashda halaqit bermaydi. Bunday tizimlarning kamchiligi ularning qo'polligi, narxi qimmatligi va montaj qilishning noqulayligi hisoblanadi. Teskari proektsiyali interfaol doskali tizimni to'g'ri proektsiyali interfaol doskali tizimga o'xshatib devorga mustahkamlash imkoni yo'q. Faol va passiv interfaol doskalar bo'ladi. Faol elektron doska – bu quvvat manbaiga va komp`yuterga simlar yordamida ulash zarur bo'lgan doska. Uning yuziga ishlayotgan vaqtida stilusning vaziyatini belgilaydigan datchiklar o'rnatilgan. Bu stilus ham faol (ichiga o'rnatilgan datchik bilan ta'minlangan va ishlatilayotgan vaqtda signal beradigan) yoki passiv (doska chiqarayotgan signalni uzib qo'yadigan) bo'lishi mumkin. Passiv elektron doska faol doskadan farq qilib, uning yuzasida hech qanlay datchiklar bo'lmaydi. Barcha tanib olish texnologiyalari bevosita stilusda jamlangan. Passiv interfaol doskada uni rozetkaga, komp`yuterga yoki proektorga simlar bilan ulamasdan ishlash mumkin. Bu, ayniqsa, interfaol doskalardan maktabda foydalanishda qulay. Bunday doskani o'rnatishda elektr rozetkalarning joylashishini hisobga olish va sinf bo'ylab kabel` o'tkazish kerak emas. Uni bir xonadan boshqasiga qiyinchiliksiz olib o'tish mumkin. Shu bilan birga bunday doska batamom xavfsiz: elektr tokidan shikastlanish ehtimoli qolmaydi. Faol, ya'ni ulanadigan elektron interfaol doskalarda qo'llanadigan texnologiyalar. Sensorli rezistiv elektron interfaol doska ekran yuzasiga tegilganda ta'sirlanadigan juda ingichka simlarning ikkita qatlamidan iborat. Ulardagi yana bir jiddiy afzallik – ularga faqat marker bilan emas, oddiy barmoq bilan ham yozish, chizish mumkin. Bu esa, bunday doskalardan boshlang'ich sinflarda va korrektsion maktablarda foydalanishda jiddiy afzallik beradi, chunki barmoqlar bilan rasm chizish bolalarda qiziqish uyg'otadi va shu bilan bir vaqtda qo'l barmoqlarining mayda motorikasini rivojlantiradi. Sensor texnologiya maxsus makerlarni qo'llashni talab qilmaydi, ishlayotganda hech qanday nurlanish chiqarmaydi va unga tashqi xalaqitlar ta'sir qilmaydi. Bu texnologiyaning kamchiligi markerni yoki uning o'rnidagi predmetni tez harakatlantirilganda matritsa reaktsiyasining biroz tutilib qolishi hisoblanadi. Hozirda Smart, Poly Vision TS, Panasonic sensor doskalari o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsatmoqdalar. Sensor texnologiya Polyvision - Polyvision Webster va Walk-and-Talk kompaniyasining sensorli interfaol doskalarida joriy qilingan bo'lib, bunday doskalarning ikkita: Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling