O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


TS/TSL va WT/WTL seriyalarini


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

TS/TSL va WT/WTL seriyalarini ishlab chiqaradi. Bu seriyalardagi interfaol doskalar 
yuqori aniqlik (8000 x 8000 nuqtalar) va marker yoki barmoq bilan bajarilayotgan harakatlarni 
aks ettirishning yuqori tezligiga ega. Rus tilidagi dasturiy ta'minot turli versiyalarda ishlaydigan 
Mikrosoft Windows va Apple Macintosh shaxsiy komp`yuterlari bilan mos keladi. Bu elektron 


15 
interfaol doskalarda quruq o'chirgichli oddiy markerlar bilan yozish mumkin. Barmoqlar esa, 
komp`yuter sichqonchasi sifatida ishlaydi.
Bu texnologiyaning afzalliklari qattiq va mustahkam sirt hosil qilish imkoniyati 
hisoblanadi. Kamchiliklari - elektromagnit nurlanish ta'sirida ishlash va maxsus markerdan 
foydalanish zarurligidan iborat.
Elektromagnit texnologiya Sahara kompaniyasining elektromagnit doskalarida joriy 
qilingan. Sahara Communicator 77 modeli oliy o'quv yurtlari auditoriyalarida va umumta'lim 
maktablari sinflarida foydalanish uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Ul`tratovushli_va_infraqizil_texnologiyalar_tovush_va_yoruglik_tolqinlarining_tarqalish_tezligi_farqini_qayd_qilishga_asoslangan._Infraqizil'>Ul`tratovushli va infraqizil texnologiyalar tovush va yorug'lik to'lqinlarining 
tarqalish tezligi farqini qayd qilishga asoslangan.
Infraqizil texnologiya asosidagi elektron interfaol doska (infraqizil skanerlash 
texnologiyasi) katta interfaol displeydan iborat bo'lib, unda maxsus stilus bilan va shu bilan 
birga, oddiy barmoq bilan ham ishlash mumkin. Infraqizil datchiklar signalni qabul qiluvchi 
(priyomnik) va uzatuvchi (peredatchik) sifatida ishlaydi, buning natijasida interfaol doska 
yuzasida ko'rinmaydigan gorizontal-vertikal setka hosil bo'ladi. Bunday doskaning yuzasiga 
elektron stilus yoki istalgan boshqa predmet bilan tegilganda LED-manbaidagi nur blokirovka 
qilinadi va qabul qiluvchi (priyomnik) signal olmaydi. Shunday qilib, nuqtaning koordinatalari 
aniqlanadi va komp`yuterga keyingi ishlov berish uchun uzatiladi. 
Ul`tratovushli texnologiya asosidagi elektron interfaol doska signalning juft ul`tratovushli 
uzatkichlari va qabul qiluvchilari bilan butlangan. Bu elektron doskaning yuzasiga stilus yoki 
barmoq bilan tegilganda ul`tratovush to'lqinlari so'ndiriladi va markerning holatini qayd etiladi. 
Ko'pincha bu ikkita texnologiyalar birga qo'shib qo'llaniladi va markerning vaziyatini 
aniqlash uchun ham infraqizil, ham ul`tratovushli datchiklardan foydalaniladi. Bu 
texnologiyalarning kamchiligi datchiklar begona nurlanishdan ta'sirlanishi mumkinligidan iborat. 
Ba'zan datchiklarning o'rniga markerning joriy holatini yuqori aniqlik bilan hisoblaydigan 
infraqizil lazerlardan foydalaniladi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling