O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


Axborot texnologiyalari faniga kirish. Kursning maqsad va vazifalari


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

 
Axborot texnologiyalari faniga kirish. Kursning maqsad va vazifalari. 
Axborot deganda biz barcha sezgi a’zolarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksi yoki 
ta’sirini, bog’liqlik darajasini tushunamiz. 
Bizga ma’lumki, inson qo’li orqali jismning qattiq va tekisligini, tili orqali oziq ta’mini, 
burun orqali turli hidlarni biladi, qulog’i orqali har xil tovushlarni eshitadi, ko’zi orqali turli 
shakl, rang yoki manzaralarni ko’radi, ya’ni sezgi a’zolari orqali turli axborotlar oladi. 
Boshqacha qilib aytganda, inson axborotni hayotdan har xil ko’rinish yoki shakllarda oladi: 
rasm; chizma; fotosurat; yozuv; nur yoki tovush; har xil to’lqinlar; elektr va nerv impulslari; 
magnit yozuvlari; mimika; hid va ta’m; organizmlarning sifat va xususiyatlarini saqlovchi 
xromosomalar va h.k.
Demak, axborot borliqdagi narsa yoki jarayonlar holati, xossasi va boshqa xususiyatlari 
haqidagi ma’lumotlarning turli vositalar va sezgi a’zolarimiz orqali bizga yetib kelishi va 
ongimizga ta’siri hamda bu ma’lumotlarning ongimizda boshqa ma’lumotlar bilan bog’lanishi 
ekan. Umuman olganda, barcha ma’lumotlar axborot bo’lib, ular o’zaro bog’langach, bilimni 
tashkil etadi.



«Texnologiya» so’zi yunoncha (grekcha) «techne» – san’at, mohirlik, hunar va «logos» – 
fan, ta’limot so’zlaridan tashkil topgan. U aniq maqsadga erishish uchun zaruriy vositalar, usul 
va sharoitlardan foydalangan holda muayyan amallarning ketma-ket bajarilishini ko’zda tutadi. 
Ixtiyoriy jarayonni to’liq o’rganishda u to’g’risida to’plangan ma’lumotlar hajmi, 
ma’lumotlarning o’zaro bog’liqliq darajasi shunchalik murakkab bo’ladiki, ularni biror vosita 
yordamisiz to’liq qayta ishlash amalda mumkin emas. Fan va texnikaning rivojlanishi 
axborotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish 
mumkinligini ko’rsatdi. Bunda asosiy o’rinni texnik vositalar – kompyuter va boshqa turdagi 
vositalar egallaydi. Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini 
tezlatishdan tashqari, kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni 
osonlashtirish hamda axborotning avval ko’rsatib o’tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga 
erishiladi. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling