O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


Passiv elektron interfaol doskalar


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

Passiv elektron interfaol doskalar, ya'ni ulanmaydigan doskalarda qo'llaniladigan 
texnologiyalar. 
Zamonaviy eng yangi yuqori texnologik ishlanmalar simlardan voz kechish va 
mikronuqtali texnologiya asosidagi passiv elektron interfaol doskani yaratish imkonini berdi. 
Mikronuqtali texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, doska yuzasiga ko'zga 
ko'rinmaydigan nuqtalar tushiriladi. Stilusga minikamera o'rnatilgan bo'ladi, u tegilgan 
nuqtalarning koordinatalarini aniqlaydi va o'z ichiga o'rnatilgan Bluetouth-uzatkich yordamida 
ma'lumotlarni komp`yuterga uzatadi. Bunday usulda ma'lumotlarni uzatishda doska quvvat bilan 
ta'minlashni talab qilmaydi va uni qabul qiluvchi qurilmaga ulash kerak emas.
Mikronuqtali texnologiya Steel Case Poly Vision eno va ABC Board doskalarida 
qo'llanilgan. 
Polyvision eno interfaol doskasi – dunyodagi birinchi 220V tarmoqqa ulashni talab 
qilmaydigan va shuning uchun simlar kerak bo'lmaydigan doska hisoblanadi. Uni birinchi marta 
2009 yil yanvarda Londondagi BETT-2009 ko'rgazmasida namoyish qilingan edi. Polyvision eno 
– oddiy magnit yuzali, markerli oq doska sifatida ishlatish mumkin bo'lgan birinchi interfaol 
doska bo'lib, unga har xil rangli flomasterlar bilan yozish, o'chirish, ko'rgazmali materiallarni 
magnit bilan o'rnatish va zarur bo'lganda uni katta interfaol ekranga aylantirish mumkin. 
Hujjat-kameralar - uncha katta bo’lmagan, vizual tasvirni yoritib beruvchi fotosurat, 
slaydlar, hujjatlarni asl nusxasining elektron tasvirini tez fursat ichida namoyon qilib beruvchi 
oddiy qurilma.
Tuzilishi jihatidan: maxsus sharnirda yoki «egiluvchan bo’yin» aylantirish imkoni bo’lgan 
miniatyurali kamerali boshchadan iborat. Videokonferenciyalar vaqtida, kamerali boshchasiga 
bevosita mikrofon o’rnatiladi, bunday o’lchamlarda rang muvozanatlantiruvchi avtomatik 
ravishda amalga oshiriladi, tasvirni keskinligini oshirish ho’lda bajariladi. Boshlang’ich darajali 
kameralarda 5-ta videosignal va kompozit chiqish mavjud. Ba’zi modellar foydalanish 
qo’llamini kengaytiruvchi: mikroskoplar, 35-mm slaydlar uchun adapterlar to’plamlaridan 


16 
iborat. Murakkab tuzilgan hujjat-kameralarida maxsus funksiya ko’zda tutilgan bo’lib, rang 
muvozanatlantiruvchi ham avtomatik ravishda ham holda amalga oshiriladi. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling