O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

Internet planshetlarbu maxsus mobil qurilma bo’lib, shaxsiy kompyuterning 
klassik namunasidir. Planshetlar (masalan: iPad) tashqi ko’rinish jihatidan kompyuterdan 
butunlay farq qiladi. Planshetlar faqatgina ekrandan tashkil topgan bo’lib, boshqa qo’shimcha 
qurilmalar (sichqoncha, klaviatura) virtual ko’rinishda tashkil etilgan. Planshetlar to’liqligicha 
mobil aloqa muhiti orqali Internet xizmatlaridan foydalanishga va hujjatlar bilan ishlashga 
ixtisoslashgan. 
Kompyuter dasturiy ta’minoti 
Kompyuterning dasturiy ta’minoti tarkibi uning muhim funksional tavsifi hisoblanadi. 
Dasturiy ta’minot (DT) – bu doimiy qo’llaniladigan dasturlar to’plami bo’lib, ular 
foydalanuvchining masalalarini yechish, hisoblash texnikasini eng samarali ishlatish, 
foydalanuvchilarga ishlashda eng ko’p qulaylik yaratish uchun zarur hamda masalalar va 
ma’lumotlarni qayta ishlashni dasturlashda eng kam mehnat sarflashni ta’minlaydi. 
Dastur ta’minot tarkibiga quyidagilar kiradi: 
 
tizimli (Bazoviy) DT; 
 
amaliy DT; 
 
uskunaviy DT. 


17 
Tizimli dasturiy ta’minot(TDT) axborotni qayta ishlovchi dasturlarni yaratish 
samaradorligini oshirish va ularni qo’llash hamda foydalanuvchilarga kompyuter resurslari bilan 
ishlash bo’yicha ma’lum xizmatlarni taklif etish uchun mo’ljallangandir. U quyidagilarni o’z 
ichiga oladi: 
 
Operatsion tizim(OT) - TDT ning doimiy qismi bo’lib, u kompyuterning turli rejimlarda 
samarali ishlashini ta’minlaydi, dasturning bajarilishini hamda foydalanuvchi va 
kompyuter tashqi qurilmalarining o’zaro muloqot ishini tashkil etadi. 
 
Servisli dasturlar – ular foydalanuvchiga va uning dasturlariga qo’shimcha xizmatlar 
to’plamini taklif etib, OT ning imkoniyatlarini kengaytiradi. 
 
Texnik xizmat ko’rsatish tizimi, u diagnostika, jihozlarni tiklash va kompyuterni 
nuqsonlarini bartaraf etish, shu bilan birga uning yanada yuqoriroq ishonchliligini 
oshirish va axborotlarni o’zgartirish jarayonlarning bajarilishini ta’minlaydi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling