O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


Smartfon (smartphone) inglizcha so’z bo’lib, «aqlli telefon» ma’nosini anglatadi


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

Smartfon (smartphone) inglizcha so’z bo’lib, «aqlli telefon» ma’nosini anglatadi.  
iPhone - to’rt diapazonli, multimediyali smartfonlar.



Internet planshetlar – bu maxsus mobil qurilma bo’lib, shaxsiy kompyuterning klassik 
namunasidir. Planshetlar (masalan: iPad) tashqi ko’rinish jihatidan kompyuterdan butunlay farq 
qiladi. 
Axborotlarni uzatish yaqin paytlargacha Bluetooth, SMS va MMS texnologiyalari 
yordamida amalga oshirilgan bo’lsa, hozir, asosan, Messengerlardan, ayniqsa ommalashib 
ketgan Telegrammdan foydalnilmoqda. Mana shu misol ham axborot texnologiyalari xizmatlari 
tez rivojlaniyotganligidan dalolat beradi. 
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi foydalanuvchilar auditoriyasiga ta’sir etishini 
Web-texnologiyalari misolida ko’rish mumkin. Masalan, Web.1 muhitida foydalanuvchilar 
Internetdagi ma’lumotlarni faqat o’qishi (yoki ko’chirib olishi) mumkin edi. Web.2 muhitida esa 
foydalanuvchi o’zi forum yoki konferensiyalar tashkil etishi, o’zining blogini e’lon qilishi, 
elektron resurslarni yaratib (masala, rasmlar) Internetda joylashtirishi, muloqotdoshlari bilan 
birgalikda ijtimoiy tarmoqlar yaratishi mumkin.
Hozirgi kunda har qanday davlatning qudrati qandaydir ma’noda Internet makonida milliy 
Internet-resurlarining ko’lami bilan, boshqa milliy resurslarga nisbatan ko’proq bo’lishi, kezi 
kelsa, butun jahon tarmog’ida taniqliroq bo’lishi bilan bog’liq bo’lib qoldi.
Web.2 texnologiyalar mavjudligi tufayli elektron resurslar shunchalik ko’payib ketdiki, 
sifatli elektron resurslarni tez ajratib olish katta muammoga aylandi. Kerak bo’lsa, Internet ong 
uchun kurash maydoniga aylandi. Ayniqsa yoshlarning endi shakllanib borayotgan ongiga 
Internet orqali ta’sir ko’rsatish g’arazli kuchlarga juda qo’l kelmoqda. Bizning mentalitetimizga 
zid bo’lgan ommaviy madaniyat yoki terrorizmga da’vatlar shular qatoridadir. Shuning uchun, 
bir tomondan, foydalanuvchilarda yovuz ta’sirlarga qarshi immunitetni shakllantirish muhum 
bo’lsa, boshqa tomondan, milliy internet resurslarni yetarli darajada ko’paytirish zarurdir.
Sifatli elektron resurslarni saralab beruvchi tizimlar (miksherlar) hozirgi kunda Web.3 
muhitining qiyofasini belgilab bermoqda. Bundan kelib chiqmoqdaki, zamonaviy internet 
foydalanuvchisi - bu sifatli elektron resurslarni yaratuvchi va internetga joylashtiruvchi shaxs 
deb qaralishi kerak. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling