O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

 
Kompyuterlar katta kompyuterlar va kichik kompyuterlar sinfiga bo’linadi.
Katta kompyuterlar sinfiga serverlar va superkompyuterlar kiradi.
Kichik kompyuter sinfiga esa shaxsiy kompyuterlar (ShK), portativ kompyuterlar 
kiradi.
Server kompyuteri deb kompyuter tarmog’ida asosiy axborotlar bazasini saqlovchi 
maxsus ajratilgan kompyuterga aytiladi.
Superkompyuterlar juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni 
yechish uchun mo’ljallangan kompyuterlardir. Ular oddiy shaxsiy kompyuterlarga nisbatan bir 
necha yuz barobar tez ishlaydi va maxsus amallarni bajaradi.
Shaxsiy kompyuterlar (ShK) hammabop va qo’llashda turli xil talablarni qondiruvchi, bir 
kishi foydalanadigan kompyuterlardir. Shaxsiy kompyuterlar kundalik ishlarimizda qo’llaydigan, 
uyda, ish joylarida joylashgan kompyuterlar hisoblanadi. 



 
Pоrtаtiv kompyuterlar yo’lda olib yurishga mo’ljallangan ko’chma shaxsiy 
kompyuterlardir. Pоrtаtiv kompyuterlarga Lap Top, Note Book, Palm Top, Elеktrоn kоtiblаr 
(PDA), organizer kabi kompyuterlarni kiritish mumkin. 
Kompyuter ikkita tarkibiy qismdan iborat. Ular asosiy va qo’shimcha qurilmalardir. 
Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagicha: 
1. Tizimli blok. 
2. Ekran (Monitor). 
3. Klaviatura. 
4. Sichqoncha. 
 
Tizimli (Sistemaviy) blok – kompyuterning asosiy qismi bo’lib, o’z ichiga quyidagi 
elementlarni jamlaydi: 
 
Ona plata; 
 
mikroprotsessor;
 
qattiq disk (HDD-vinchester) ;
 
Operativ xotira (OZU) ;
 
CD-ROM (CD-RW), DVD-ROM, (DVD-RW); 
 
tashqi qurilmalar kontrolleri; 
 
shinalar; 
 
elektr ta’minoti bloki va boshqalar. 
Ona plata – asosiy elektron sxema bo’lib, unga tashqi qurilmalar kontrollerlari shina 
orqali ulanadi, unga mikroprotsessor, BIOS, operativ xotira, tizimli plataning mikrosxemalar 
to’plami, ikkinchi pog’ona kesh-xotira (kesh L2), shina razyomlari, tizimli soat hamda CMOS 
uchun elektr manbai (batareya), kiritish-chiqarish mikrosxemasi kabi elementlar tikiladi va 
tashqi qurilmalar kontrollerlari o’rnatiladi. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling