O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari quyidagilardan iborat


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari quyidagilardan iborat: 
 Skaner bu ma’lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita kompyuterga kiritish qurilmasidir. 
Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin.
Skaner nusxa ko’chirish apparatiga o’xshab qog’ozli hujjatning tasviri nusxasini qog’ozda 
еmas, balki еlektron ko’rinishda yaratadi - tasvirning еlektron nusxasi yaratiladi.
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash еlektron tizimining muhim bo’g’ini va istalgan 
«еlektron stol» ning kerakli еlementidir. 
Skanerlar ishlash prinsipiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
dastakli skanerlar; 
planshetli skanerlar;
rolikli skanerlar.
 
 
Modem (Modulyator-Demodulyator) telefon tarmog’i orqali boshqa kompyuterlar bilan 
axborot almashishni ta’minlaydi.
Modem aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to’g’ri 
(modulyator) va teskari (demodulyator) o’zgartirish qurilmasidir.
Modem axborotni uzatishda raqamli signalni analogli signalga, axborotni qabul qilishda 
esa analogli signalni raqamli signalga o’zgartiradi.
Ko’pgina 
modemlar, ma’lumotlarni uzatish jarayonini ta’minlashdan tashqari
telekommunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi, jumladan:
tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash operatsiyalari;
faksimil axborotlarni qabul qilish va uzatish;
chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);
avtojavob beruvchi va еlektron kotib vazifalari va b. 
 


10 
 
Multimediya vositalari – kompyuter yordamida musiqa va ovozli ma’lumotlarni 
ko’rsatishni ta’minlaydi.
Multimediya vositalari - bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko’rinishga еga 
bo’lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya (hayvonlar tasviri), video va sh.o’.) va yoki turli 
xil tashuvchilarda mavjud bo’lgan (magnit va optik disklar, audio- va videolentalar va h.k.) 
axborotdan foydalanish bilan bog’liq sohasidir.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling