O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

Multimediya vositalariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni audio - (nutqli) va 
videokiritish va chiqarish qurilmalari; yuqori sifatli tovushli (sound) va video - (video) platalar, 
videoqamrash platalari (video grabber), ular videomagnitofondan yoki videokameradan tasvirni 
oladi va uni kompyuterga kiritadi; yuqori sifatli kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta 
videoеkranli akustik va video qabul qiladigan tizimlar, naushnik, mikrofon, proyektor, videoglaz, 
Web-kamera. 
 
Plotterlar - grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar va b.) 
kompyuterdan qog’ozli yoki boshqacha ko’rinishdagi tashuvchiga chiqarish qurilmasidir. 
Ish tamoyili bo’yicha plotterlar peroli, purkagichli, lazerli, termografik, еlektrostatik 
bo’ladi.
 
Planshet – kompyuterga biror chizma va tasvirni maxsus 
qalam yordamida kirituvchi qurilma. 
Interfaol texnik vositalar va ularning tahlili 
Multimedia proektorlar 
Proektorlar va ekranlar ma’lumotlarni yirik o’lchamda tasvirlash uchun ishlatiladigan 
qurilmalardir. Unda tasvir o’lchami ekranda yirik holatda aks ettiriladi. Bu qurilmalar kompyuter 
bilan birgalikda foydalanishga mo’ljallangan bo’lib, ko’proq katta auditoriyalarda va zallarda 
hamda turli majlislarda prezintatsiya va video roliklarni namoyish qilish uchun ishlatiladi. 


11 
 Videoproektor kompyuter va shunga o’хshash namoyish 
vositalarining alohida qo’shimcha monitori hisoblanib, tasvirlarni yirik hajmda tasvirlash uchun 
mo’ljallangan. 
Ekran-videoproektor orqali yoritilayotgan materiallarni o’zida tasvirlovchi element. 
Videoproektor elektr tarmog’iga ulanadi. Proektor yoqilgach, lampa qizishi uchun bir 
necha soniya kutiladi. Ekranda zangori tasvirning yuqorigi qismida «No signal» yozuvi paydo 
bo’lgach, vebkamera yoqiladi va proektorning boshqarish panelidagi «Mode» tugmasi 
vebkamera ko’rsatayotgan tasvir paydo bo’lguncha bir necha bor bosiladi. 
Vebkameraning va proektorning fokus хalqalari yordamida tasvir rostlanadi. 
Videoproektor va videko’z elektr tarmog’idan ajratilmasdan uning ishchi qismlarini ochish 
mumkin emas. Ularning linzalarini maхsus mo’yqalam yordamida artish kerak. Nam qo’l bilan 
elektr simlariga tegish mumkin emas. Bu asboblarni isitish manbalariga yaqin joyda saqlash va 
foydalanish mumkin emas. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling