O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

ActivTable (interfaol stol) – o`z aktiv yuzasiga ega qurilma sanaladi. Unga foydalanuvchi 
talabidan kelib chiqib dasturiy ta`minotlarni yuklab olish mumkin. Bu ta`lim olish, ta`lim berish 
va turli xil tadbirlar uchun zamonaviy uskunadir. Bu uskuna kishilarda kuchli va qiziq shaklda 
aks ettirilgani tufayli kuchli taassurot tug`diradi. Bu stolni didga ko`ra 32 dan 55 dyungacha 
razmerlarda tanlash mumkin. Interaktiv stolning barcha turlari aviatsion alyuminiydan qilinadi 
va sensorli yuza 6 mm qalinlikdagi shisha bilan qoplanadi. Interaktiv stolning eng muhim 
komponenti yorqin sensorli ekran sanaladi. Multitach ekran hattoki yorug`likda ham a`lo 
darajada ko`rishni ta`minlaydi.
Barcha modellarida kuchli quvvatlagich o`rnatilgan bo`lib, musiqaning va ovozli 
xabarlarning baland ovozda va ravshan eshitilishini ta`minlaydi. Bu stolning ishga tushirilishi 
juda ham oddiy bo`lib, yon tomonida joylashgan tugmacha orqali yoqish va o`cherish amalllari 
bajariladi. Ushbu turdagi stolning bolalar uchun mo`ljallangan turlari ham mavjud bo`lib, unga 
ko’plab rasmlarni o`rnatish va bir vaqtning o`zida 4 ta o`rganuvchi foydalanishi mumkin. 
 
 
 
Interfaol proektor - bu - o’zida intеrkativ doskaning imkoniyatlarini mujassam etgan 
proyеktordir. Bunday proyеktorlar uchun alohida maxsus doska sotib olish talab etilmaydi
tasvirlar proyеktsiyasi oddiy sinf doskasiga, markеr doskasiga yoki sinf dеvoriga ham tushirilishi 
mumkin. Oddiy proyеktordan farqli ravishda intеraktiv proyеktorlar kompyutеrdan tеgishli 
signallarni qabul qilib, tasvirlarni ekranga namoyish qilish bilan bir qatorda, elеktron qalamning 
ekrandagi joriy holati va harakatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ham aniqlab kompyutеrga 
yuboradi va kompyutеr bilan ikki tomonlama aloqani o’rnatadi. 
Overhed-proyektor - A4 formatli shaffof plenkalarga qayd etilgan tasvirlarni yoritib 
berishda foydalaniladi. Og’irligi va hajmiga qarab, apparatlar portativ, yarim-portativli va 
ko’zg’almas modellarga bo’linadi. Portativli overhed-proyektorlari 7 kgdan oshmaydigan yig’ma 
tuzilishga ega. Oddatda, bunday modeldagilar oson yig’ilishi bilan juda qulay bo’lib, ko’chirish 
uchun maxsus jamlanish sumkachalar to’plamiga ega. Odatda, qo’zg’almas overhed-


14 
proyektorlari 8 kgdan 17 kggacha og’irlikda bo’lib, auditoriyada doimiy ravishda o’rnatilib 
qo’yishga mo’ljallangan. Modellardagi proyekciyalashni umumiy xususiyatlarga ko’ra overhed-
proyektorlari nur o’tqazuvchi va nurni o’zida aks ettiruvchi turlarga bo’linadi. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling