O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


Interfaol doskalarning turlari


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

Interfaol doskalarning turlari 
Interfaol doskalar proektorning doska yuzasiga nisbatan joylashuvi turiga ko'ra to'g'ri va 
teskari proektsiyali bo'ladi. 
To'g'ri proektsiyali interfaol doskalar bilan ishlashda proektor elektron doskaning 
oldiga o'rnatiladi. Bunday doskalar bilan bevosita doskaning yaqinida joylashtirish mumkin 
bo'lgan qisqa fokusli va ul`traqisqa fokusli proektorlardan soyalar, shu'lalar va yorug'lik dog'lari 
tasvirni buzmasligi va to'sib qo'ymasligi uchun foydalanish tavsiya qilinadi. Eng qulayi 
proektorni devorga mahkamlanadigan moslama yordamida o'rnatish hisoblanadi. Shunday 
o'rnatilganda 
proektorning 
nuri 
proektsiyalanayotgan 
tasvirlar 
bilan 
ishlayotgan 
foydalanuvchining ko'zini qamashtirmaydi, foydalanuvchining o'zi esa, nurning yo'liga to'siq 
bo'lmaydi. 
Teskari proektsiyali interfaol doskalar bilan ishlash uchun proektorni elektron 
doskaning orqasiga o'rnatiladi, bunda proektsiyalanayotgan tasvirga foydalanuvchining soyasi 
tushmaydi, proektorning nuri esa, tasvir bilan ishlashda halaqit bermaydi. Bunday tizimlarning 
kamchiligi ularning qo'polligi, narxi qimmatligi va montaj qilishning noqulayligi hisoblanadi. 
Teskari proektsiyali interfaol doskali tizimni to'g'ri proektsiyali interfaol doskali tizimga 
o'xshatib devorga mustahkamlash imkoni yo'q. 
Faol va passiv interfaol doskalar bo'ladi. 
Faol elektron doska – bu quvvat manbaiga va komp`yuterga simlar yordamida ulash zarur 
bo'lgan doska. Uning yuziga ishlayotgan vaqtida stilusning vaziyatini belgilaydigan datchiklar 
o'rnatilgan. Bu stilus ham faol (ichiga o'rnatilgan datchik bilan ta'minlangan va ishlatilayotgan 
vaqtda signal beradigan) yoki passiv (doska chiqarayotgan signalni uzib qo'yadigan) bo'lishi 
mumkin. 
Passiv elektron doska faol doskadan farq qilib, uning yuzasida hech qanlay datchiklar 
bo'lmaydi. Barcha tanib olish texnologiyalari bevosita stilusda jamlangan. Passiv interfaol 
doskada uni rozetkaga, komp`yuterga yoki proektorga simlar bilan ulamasdan ishlash mumkin. 
Bu, ayniqsa, interfaol doskalardan maktabda foydalanishda qulay. Bunday doskani o'rnatishda 
elektr rozetkalarning joylashishini hisobga olish va sinf bo'ylab kabel` o'tkazish kerak emas. Uni 
bir xonadan boshqasiga qiyinchiliksiz olib o'tish mumkin. Shu bilan birga bunday doska 
batamom xavfsiz: elektr tokidan shikastlanish ehtimoli qolmaydi. 
Faol, ya'ni ulanadigan elektron interfaol doskalarda qo'llanadigan texnologiyalar. 
Sensorli rezistiv elektron interfaol doska ekran yuzasiga tegilganda ta'sirlanadigan juda 
ingichka simlarning ikkita qatlamidan iborat. Ulardagi yana bir jiddiy afzallik – ularga faqat 
marker bilan emas, oddiy barmoq bilan ham yozish, chizish mumkin. Bu esa, bunday 
doskalardan boshlang'ich sinflarda va korrektsion maktablarda foydalanishda jiddiy afzallik 
beradi, chunki barmoqlar bilan rasm chizish bolalarda qiziqish uyg'otadi va shu bilan bir vaqtda 
qo'l barmoqlarining mayda motorikasini rivojlantiradi. Sensor texnologiya maxsus makerlarni 
qo'llashni talab qilmaydi, ishlayotganda hech qanday nurlanish chiqarmaydi va unga tashqi 
xalaqitlar ta'sir qilmaydi. Bu texnologiyaning kamchiligi markerni yoki uning o'rnidagi 
predmetni tez harakatlantirilganda matritsa reaktsiyasining biroz tutilib qolishi hisoblanadi. 
Hozirda Smart, Poly Vision TS, Panasonic sensor doskalari o'zlarini yaxshi tomondan 
ko'rsatmoqdalar. 
Sensor texnologiya Polyvision - Polyvision Webster va Walk-and-Talk kompaniyasining 
sensorli interfaol doskalarida joriy qilingan bo'lib, bunday doskalarning ikkita:

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling