15
interfaol doskalarda quruq o'chirgichli oddiy markerlar bilan yozish mumkin. Barmoqlar esa,
komp`yuter sichqonchasi sifatida ishlaydi.
Bu texnologiyaning afzalliklari qattiq va mustahkam sirt hosil qilish imkoniyati
hisoblanadi. Kamchiliklari - elektromagnit nurlanish ta'sirida
ishlash va maxsus markerdan
foydalanish zarurligidan iborat.
Elektromagnit texnologiya Sahara kompaniyasining elektromagnit doskalarida joriy
qilingan. Sahara Communicator 77 modeli oliy o'quv yurtlari auditoriyalarida va umumta'lim
maktablari sinflarida foydalanish uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Ul`tratovushli_va_infraqizil_texnologiyalar_tovush_va_yoruglik_tolqinlarining_tarqalish_tezligi_farqini_qayd_qilishga_asoslangan._Infraqizil'>Ul`tratovushli va infraqizil texnologiyalar tovush va yorug'lik to'lqinlarining
tarqalish tezligi farqini qayd qilishga asoslangan.
Infraqizil texnologiya asosidagi elektron interfaol doska (infraqizil skanerlash
texnologiyasi) katta interfaol displeydan iborat bo'lib, unda maxsus
stilus bilan va shu bilan
birga, oddiy barmoq bilan ham ishlash mumkin. Infraqizil datchiklar signalni qabul qiluvchi
(priyomnik) va uzatuvchi (peredatchik) sifatida ishlaydi, buning
natijasida interfaol doska
yuzasida ko'rinmaydigan gorizontal-vertikal setka hosil bo'ladi. Bunday doskaning yuzasiga
elektron stilus yoki istalgan boshqa predmet bilan tegilganda LED-manbaidagi nur blokirovka
qilinadi va qabul qiluvchi (priyomnik) signal olmaydi.
Shunday qilib, nuqtaning koordinatalari
aniqlanadi va komp`yuterga keyingi ishlov berish uchun uzatiladi.
Ul`tratovushli texnologiya asosidagi elektron interfaol doska signalning juft ul`tratovushli
uzatkichlari va qabul qiluvchilari bilan butlangan. Bu elektron doskaning yuzasiga stilus yoki
barmoq bilan tegilganda ul`tratovush to'lqinlari so'ndiriladi va markerning holatini qayd etiladi.
Ko'pincha bu ikkita texnologiyalar birga qo'shib qo'llaniladi
va markerning vaziyatini
aniqlash uchun ham infraqizil, ham ul`tratovushli datchiklardan foydalaniladi. Bu
texnologiyalarning kamchiligi datchiklar begona nurlanishdan ta'sirlanishi mumkinligidan iborat.
Ba'zan datchiklarning o'rniga markerning joriy holatini yuqori aniqlik bilan hisoblaydigan
infraqizil lazerlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: