O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

Boshqa tizimli dasturlar 
 
Drayverlarning 
asosiy 
vazifalari: 
operatsion 
sistemaning 
kiritish-chiqarish 
qurilmalarini boshqarish bo’yicha imkoniyatlarini kengaytiradi. 
 
Ixchamlovchi dasturlarning asosiy vazifasi: disklarda axborotlarni ixcham (kichik 
hajmda) nusxalarini hosil qilib beradi, bir nechta fayllar nusxalarini bitta arxiv fayliga 
biriktiradi. 
 
Antivirus dasturlarining asosiy vazifasi: kompyuter virusi yuqishining oldini olish
tezkor xotira va disklardagi viruslarni topish va davolash.
 
Qobiq dasturlar - asosiy vazifasi: operatsion sistema bilan foydalanuvchi orasidagi 
muloqatni engillashtirib beradi.
Instrumental (vositali-uskunaviy) dasturiy ta’minot - yangi dasturlarni yaratishga 
mo’ljallangan dasturiy vositalarni samarali ishlab chiqish va sozlash uchun mo’ljallangan. 
Amaliy dasturiy ta’minot(ADT) foydalanuvchining aniq bir muammoli masalani yoki 
shunday masalalar sinfini yechish uchun mo’ljallangan. 
Amaliy dasturiy ta’minot (ADT - dasturli ilova) o’z tarkibiga foydalanuvchining aniq 
bir muammo sohasida ishlatishga mo’ljallangan amaliy dasturlar paketini o’z ichiga oladi. 
Ko’pchilik ADT biror interaktiv muhit ko’rinishiga ega bo’lib, undan foydalanayotgan 
foydalanuvchi, ma’lumotlarni o’zgartirishning aniq bir jarayonlarini bajarishda qulay va oddiy 
vositalarga ega bo’ladi. Turli amaliy dasturiy paketlar(ADP) mavjud bo’lib, ular 
quyidagilardir: 
 
matn muharrirlari, matnli protsessorlar va noshirlik tizimlari; 
 
grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafikasi vositalari; 
 
katta o’lchamli elektron jadvallar (jadvalli protsessorlar); 
 
telekommunikatsion tizimlarni boshqarish ADP; 
 
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi; 
 
ma’lumotlarni qidirish tizimlari; 
 
sun’iy intellekt tizimlari, shu jumladan, ekspert tizimlari; 
 
avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari; 
 
ma’lumotlarni statistik qayta ishlash ADP; 
 
matematik dasturlashtirish ADP (chiziqli, butun sonli va b.); 
 
avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari; 
 
paketlarning bir nechta turini o’zining tarkibiga oladigan integrallashgan ADP. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling