O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


iOS  Applening iOS, iPhone da 2007


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

iOS 
Applening iOS, iPhone da 2007-yilda ishga tushirilgan bo’lib, mavjud eng birinchi mobil 
OT laridan biridir. Ushbu tizimdan foydalanish ortidagi asosiy g’oya boshqa barcha Apple mobil 
mahsulotlaridan foydalana olish imkoni bo’ladi.
Ma’lumki, Apple sifatli mobil qurilmalarni ishlab chiqadi, shu bois o’z operatsion tizimini 
ahamiyatini oshiradi.
Undan tashqari, iOS uchun mobil ilovalar soni ulkandir, xayolingizga kelishi mumkin 
bo’lgan barcha dastur va xizmatlar muhayyo. 
Windows 
Kompyuterlar orasida Windows eng hurmatga sazovor OT bo’lishiga qaramay, Windows 
mobil muqobillari “so’nggi kelgan mehmon”ga o’xshab ketadi. Ijro bobida Windows Phone o’z 
raqiblari iOS va Androidga yaqin darajadagi ko’rsatkichga erishdi. Biroq uning ilovalari miqdori 
sezilarli darajada kamchilikni tashkil etadi. Umuman olganda, Windows OT ning muxlisi 
bo’lmasangiz, Android va iOS yaxshi tanlov bo’lib ko’rinishi mumkin. 
Zamonaviy mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning asosiy vazifalari: 
Touchscreen; 
Cellular; 
Bluetooth, Sharing; 
Wi-Fi; 
GPS mobile navigation; 
camera, video camera; 
speech recognition, voice recorder; 
music player; 
near field communication (NFC); 
infrared blaster (IR blaster). 
Aloqa vositalari va mobil aloqa texnologiyalari 
mobil telefon va mobil aloqa muhiti; 
mobil aloqa xizmati operatorlari; 
mobil aloqa hizmatlari: so’zlashuv, mobil Internet va pochta; 
mobil aloqa vositalari: Smartphone, iPhone va planshetlar; 
mobil aloqa vositalari yordamida axborot almashish: Bluetooth, SMS va MMS; 
mobil telefonlardan foydalanish va axborot almashish madaniyati. 


20 
Mobil aloqa xizmatlari: so’zlashuv, mobil Internet va pochta. Mobil aloqa hizmatlari 
mobil aloqa vositalari yordamida abonentlarning so’zlashuvi, mobil Internet va pochta xizmatlari 
amalga oshiriladi. 
So’zlashuv – telefon raqami terilganda joriy mobil operator tayanch stansiya’ning antenasi 
chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlarni aniqlaydi. Shundan so’ng ushbu axborot uzib 
ulagichga (kommutator) yuborilib ikkita abonent bog’lanadi va ushbu abonentlar orasida 
so’zlashuv (ma’lumot almashinish) amalga oshiriladi. Ya’ni ikkita harakatlanuvchi abonentning 
mobil telefonlar orqali o’zaro muloqoti so’zlashuvdir. 
Mobil Internet – harakatdagi abonentlar uchun mobil aloqa tarmoqlari orqali Internet 
resurslaridan foydalanish texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so’rovlar va so’zlashish 
ma’lumotlari axborotlarning paketli ko’rinishida uzatiladi. Bunda yuqori darajali xizmatni 
amalga oshirish, ayniqsa, biznesni samarali boshqarish imkoniyati yaratiladi.
Mobil pochta -Internet resurslaridan foydalangan holda abonentning mobil telefoni orqali 
shaxsiy elektron pochta xizmatidan foydalanish imkoniyati. Bunda Internet tarmog’i yordamida 
oddiy elektron pochta xizmatidan foydalish kabi mobil telefonlar yoki boshqa mobil aloqa 
vositalari orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda elektron pochta xizmatidan foydalanish, ya’ni 
pochta xabarlarini olish, o’qish va javob yo’llash mumkin. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling