O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


SMS (Short Message Service) –


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

SMS (Short Message Service) qisqa xabarlar xizmati. Mobil aloqa tarmoqlarida 
abonentlarning bir-birlariga qisqa matn xabarlarini uzatish va qabul qilish xizmati hisoblanadi. 
Qisqa xabarlar deyilishiga asosiy sabab shuki, texnologik jihatdan bir xabar uzatishda 140 ta 
belgini uzatish mumkin. 
MMS (Multimedia Messaging Service) – GPRS texnologiyasiga 
asoslangan mulьtimedia xabarlarini almashish xizmati. Xizmat rangli rasm, fotosurat, musiqa va 
hatto videoroliqlarni uzatish va qabul qilish imkonini beradi. MMS texnologiyasi bevosita xabar 
matniga tasvir va musiqani biriktirishni nazarda tutadi. MMS xabarlarni jo’natish-qabul qilish 
uchun MMS xizmatni nafaqat telefon qurilmasi, balki mobil aloqa operatori ham qo’llashi zarur. 
Mobil telefonlardan foydalanish va axborot almashish madaniyati.
Mobil telefonlar va boshqa mobil aloqa vositalaridan foydalanganda so’zlashish 
madaniyatiga, xabarlarni yozish va elektron pochtadan foydalanish etikasiga hamda telefon 
apparatidan foydalanish qoidalariga rioya qilish zarur. Telefon orqali nojo’ya so’zlarni gapirish, 
turli nojo’ya xabarlarni jo’natishdan saqlaning. 
 
Nazorat savollari: 
1. Axborot nima? 
2. Texnologiya nima? 
3. Axborot texnologiyalari(AT) deb nimaga aytiladi?
4. Zamonaviy axborot texnologiyalari deb nimaga aytiladi? 


22 
5. Axborot texnologiyalari rivojlanishidagi ichki va tashqi omillarning mohiyati nimadan 
iborat? 
6. Tashqi omillar deb nimaga aytiladi? 
7. AT kursining maqsadi nima? 
8. AT kursining qanday vazifalari mavjud?
9. Ta’lim jarayonida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) qo’llashning 
qanday zamonaviy tendentsiyalari mavjud?
10. Mobil aloqa xizmati operatorlarining asosiy vazifasi nimadan iborat? 
11. Qanday mobil aloqa vositalarini bilasiz? 
12. Axborot texnologiyalarida hujjat deb nimaga aytiladi?
13. Xorijiy tillarni zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida o’qitishning qanday usul 
va vositalarini bilasiz? 
14. Ilg’or texnologiyalarni tavsiflang.
15. AKT sohasida qanday huquqiy va me’yoriy hujjatlar qabul qilingan? 
16. Kompyuter qanday qismlardan tashkil topgan? 
17. Tizimli blokining tarkibiga nimalar kiradi? 
18. Noutbuk, netbuk nima uchun mo’ljallangan va ular bir-biridan qanday farq qiladi? 
19. Planshet nima uchun mo’ljallangan? 
20. Kompyuterning qanday pereferiya (tashqi-qo’shimcha) qurilmalari mavjud? 
21. Videoproektor nima uchun mo’ljallangan?
22. Qanday interaktiv jihozlar mavjud va ular nima uchun mo’ljallangan?
23. Aхborotlarni saqlovchi va tashuvchi qanday vositalar mavjud? 
24. Kompyuterning dasturiy ta’minoti (DT) deb nimaga aytiladi? 
25. DT nechta guruhga bo’linadi? 
26. Tizimli, uskunaviy va amaliy DT nima va uning qanday tarkibiy qismlari mavjud?
27. Operatsion tizim (OT)ning qanday vazifalari mavjud? 
28. Mobil operatsion tizim deb nimaga aytiladi va uning qanday turlaru mavjud? 
29. iPhone va planshetlar deb nimaga aytiladi? 
30. Bluetooth qanday vazifalarni amalga oshiradi? 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling