O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

Axborot texnologiyasibu obyekt, jarayon yoki hodisalar holati haqidagi 
ma’lumotlarni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jihatdan mutloq yangi ko’rinishga 
keltiruvchi ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash, uzatishning vosita va usullari 
majmuasidan foydalanish jarayonidir. Hozirgi kunda barchamiz kompyuter, mobil aloqa 
vositalari, Internet va telekommunikasiya vositalaridan foydalanamiz. Shundan kelib chiqqan 
holda, zamonaviy axborot texnologiyalaribu kompyuter yordamida axborotni qabul qilish, 
saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi usul va uslublari hamda foydalanuvchining do’stana 
interfeysi orqali kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish texnologiyasiga 
aytiladi. 
Axborot texnologiyalarining maqsadi: 
− inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqish va uning asosida biror bir xatti-
harakat bajarish bo’yicha qaror qabul qilish; 
− inson tomonidan tanlangan strategiyaga qarab vazifani belgilash va turli vosita va 
uslublar majmuasi yordamida amalga oshirish; 
− inson faoliyatini mashina va mexanizmlar ishi bilan almashtirish; 
− muayyan formatda muayyan elektron obyektni yaratishdir. 
Fanning maqsad va vazifalari 
“Axborot texnologiyalari” kursining asosiy maqsadi talabaning - 
 kasbiy faoliyati bo’yicha qo’yilgan masalalarni yechishda zarur dasturiy vositalarni 
to’g’ri tanlash,
 olingan bilimlari asosida qo’yilgan masalalarni yecha olish,
 zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan mustaqil foydalana olish 
ko’nikmalariga ega bo’lishga qaratilgan. 
Talabalarni zamonaviy texnika vositalari va axborot texnologiyalari asoslari bilan 
tanishtirish, erishilgan yutuqlar va axborot texnologiyalarining imkoniyatlari mohiyatini 
tushuntirish va ularni ta’lim olish jarayonida amaliy qo’llay olish fanning asosiy vazifasi deb 
hisoblanadi. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling