O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar quyidagichadir: 
− zamonaviy texnika o’qitish vositalari bilan tanishish va ularni amaliyotda qo’llash; 
− o’quv materiallarni tayyorlashda matn va jadval muharrirlaridan samarali usul sifatida 
foydalanish;
− ochiq va yopiq kompyuter operatsion tizimlari bilan tanishish; 
− mobil aloqa operatsion tizimlari bilan tanishish;
− bevosita va online ta’lim uchun taqdimotlar yaratish; 
− o’quv grafik obyektlarining yaratish asoslarini egallash; 
− o’quv animatsiya roliklarining yaratish vositalaridan foydalanish; 
− mualliflik o’quv audio va video materiallarni yaratish va ularga ishlov berish; 
− blog, forum, virtual sinf, Web muhitida hamkorlik ta’lim proyektlarini tashkil etish; 
− o’quv online kurslarini tashkil etishning zamonaviy vositalaridan foydalanish; 



− ta’limni boshqarish tizimi LMS MOODLE tizimida ishlash.
“Axborot texnologiyalari” fani belgilangan reja asosida 1- va 2 - semestrlarda o’qitiladi. 
Talabalarning ushbu fandan olgan bilimlari mutaxassislik fanlarini zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan foydalanib o’rganishda va mustaqil ishlarni bajarishda kompyuterning texnik 
va dasturiy ta’minotlari, MS Office tizimlarining imkoniyatlari, elektron darsliklar, Internet 
tarmog’i va elektron axborot resurslaridan hamda masofaviy ta’lim tizimidan foydalanishda qo’l 
keladi. 
“Axborot texnologiyalari” fanining o’quv reja va ishchi dasturi mavzulari bo’lajak chet tili 
o’qituvchilariga turli axborot texnologiya vositalari yordamida elektron resurslarni yaratish va 
ularga ishlov berish malakasi shakllantiriladi. Bunda, asosan, amaliy dastur va Internet tizimi 
xizmatlaridan foydalanish o’rgatiladi.
Elektron resurslarni yaratish jarayonida mavzularni to’g’ri tanlash, resursning stsenariysini 
tuzish, kutilayotgan natijalarni va resursning strukturasini didaktik jihatdan to’g’ri shakllantirish, 
darsda ulardan samarali foydalanish yo’llari va shu kabi muammolar talabani til o’qitish 
metodikasini chuqurroq o’zlashtirishga undaydi, motivatsiya hosil bo’ladi.  
“Axborot texnologiyalari” fani “Pedagogik texnologiyalari” fani bilan ham uzviy 
bog’liqdir.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling