O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari


Ta’lim jarayoniga AKT ini qo’llash borasidagi dolzarb vazifalar va ustuvor


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/28
Sana23.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1048428
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Bog'liq
O‘quv materiallar fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar materiallari

Ta’lim jarayoniga AKT ini qo’llash borasidagi dolzarb vazifalar va ustuvor 
yo’nalishlari. 
Axborot texnologiyalari sohasida qabul qilingan huquqiuy va me’yoriy hujjatlar 
Elektron hujjat almashish tizimlari O’zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat 
aylanishi to’g’risida»gi 2004-yil 29-apreldagi 611-P son Qaroriga binoan quyidagicha 
ta’riflanadi va faoliyat yuritadi: 
Elektron hujjat almashish tizimlari – elektron hujjatlarni axborot-kommunikasiya tizimi 
orqali jo’natish va qabul qilish jarayonlari yig’indisidir. 
Elektron resurs axborot texnologiyalarida hujjat deb nomlanadi.
Hujjat - matn, tovush yoki tasvir shaklida yozilgan axborot bo’lib, zamon va makonda 
uzatish hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo’ljallangan moddiy obyektdir. 
Hujjatlarni shakliga ko’ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
Matnli hujjatlar - qog’ozga qo’l yoki kompyuter vositalari yordamida tushirilgan 
qandaydir ma’no beruvchi so’zlar ketma-ketligi. 
Tovushli hujjatlar - ovoz yozish vositalari yordamida yozib olingan tovushli axborot. 
Tasvirli hujjatlar - fotosurat, rang tasvir mahsuli. 
Elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan 
tasdiqlangan va elektron hujjatni identifikatsiya qilish (tanib olish) imkoniyatini 
beradigan boshqa rekvizitlariga (ma’lumotlarga) ega bo’lgan axborot. 
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot 
texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Bunda, bir 
tomondan, maxsus amaliy dasturlar qo’l keladigan bo’lsa, boshqa tomondan, internetda axborot 
tizimlarining o’zida bunday imkoniyatlar mavjud. Bunga Googledagi, masalan, test yaratish va 
ishlatish imkoniyatlari va unga o’xshash tizim xizmatlari yaqqol misol bo’la oladi. 



Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish 
imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak. 
Internet tarmog’ida nafaqat hujjat almashinuvi, balki tijorat ishlari ham yo’lga qo’yilgan. 
Elektron tijorat Internet tarmog’idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga 
oshirish uchun qo’llaniladi. U kompyuter tarmog’idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, 
servis xizmatini ko’rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini 
ta’minlaydi. Elektron tijorat faoliyati O’zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat 
to’g’risida»gi 2004-yil 29-apreldagi 613-P son Qonuni bilan belgilanadi va amalga oshiriladi. 
O’zbekistonda AKT sohasida O’zbekiston Respublikasining 11 ta qonuni, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 3 ta Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari hamda 1000 ga yaqin 
sohaga oid me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Prezedentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling