illyustratsiyalash;
— ta'lim oluvchilar toifalari bo‘yicha: ommaviy.
Shu bilan bir vaqtda, jamiyatning rivojlanishi alohida mamlakatlarda va umuman jahonda insonparvar falsafiy asosdagi yangi pedagogik texnologiyalarni yaratdi. Bular ham yuqorida aytilgan belgilarga ko‘ra quyidagicha tasnif qilinishi mumkin: hamkorlik pedagogikasi, o‘yin texnologiyalari, muammoli ta'lim, programmalashtirilgan ta'lim, guruhli texnologiyalar va boshqalar.
Pedagogik texnologiyalarni tasniflashda ularning eng yaqqol ajralib turadigan xususiyatlariga asoslaniladi. Aslida esa har bir pedagogik texnologiya sof holda uchramaydi, ularda boshqalariga xos bo‘lgan elementlar albatta mavjud bo‘ladi.
Masalan, aqliy hujum, ishchanlik o‘yini, ro‘lli o‘yin kabi interfaol mashg‘ulotlar tarkibida hamkorlik, bola shaxsiga yo‘naltirilgan, muammoli, didaktik o‘yin kabi pedagogik texnologiyalar elementlari albatta mavjud. Xuddi shunday tahlilni deyarlik har bir pedagogik texnologiya shakillari va usullariga nisbatan ham o‘tkazish hamda sof holda ajratib olish mumkin bo‘lgan alohida texnologiya aslida amalda yo‘qligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |