O’quv materiallari 15- mavzu


Download 201.69 Kb.
bet1/6
Sana20.12.2022
Hajmi201.69 Kb.
#1039847
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-maruza (1)


O’QUV MATERIALLARI
15- Mavzu: Moddalar transporti

Reja:
1. Moddalarning biologik membranalar orqali transporti.


2.Passiv va aktiv transport.
3.Gradient bo‘yicha va gradientga qarshi bo‘ladigan jarayonlar.
4.Passiv transport va uning turlari: oddiy va yengillashgan diffuziya, osmos, filtratsiya.
5. Aktiv transport.
6. Ussing tajribasi.
7. Elektrogen ion nasoslari.
Tayanch so’z va iboralar:Moddalarning biologik membranalar orqali transporti.
Passiv transport, aktiv transport, oddiy diffuziya, osmos, filtratsiya, Yengillashgan diffuziya, osmos, filtratsiya, Ussing tajribasi. Elektrogen ion nasoslari.
1. Moddalarning biologik membranalar orqali transporti.
2.Passiv va aktiv transport.

Hujayra ochiq termodinamik sistema bo’lib,atrofidagi muhit bilan tinmay moddalar almashib turadi.Hujayralar gazlar,suv va unda erigan moddalni o’tkaza oladigan bo’lgani uchun shu tariqa moddalar almashtirishi mumkin.Hujayralarning mana shu hususiyatiga o’tkazuvchanlik deyiladi.Organizimning butun hayot faoliyati mana shu o’tkazuvchanlik hususisyatiga aloqadordir.Metabolik prosislar, moddalarning hujayra bilan to’qima suyuqligi o’rtasida tarqalishi, biopotensiallar hosil bo’lishi va boshqalar o’tkazuvchanlik tufayli vujudga keladi.


O’tkazuvchanlikni o’rganish tabobat uchun ayniqsa dorishunoslik va toksikologiya uchun katta ahamiyatga ega.Dori - darmonlardan samarali foyfalanish uchun ularning normal va patologik holatdagi turli hujayralarga kirishi – chiqish qobiliyatini bilish kerak.
Moddalaning biomembrana orqali tashilishi mumkin turini farqlaydilar.Aktiv va passiv tashish (transport).
Aktiv tashish ATF ning gidrolizi hisobiga hosil bo’ladigan kimyoviy energiyaning sarflanishi hisobiga sodir bo’ladi.
Passiv tashish kimyoviy energiyaning sarf bo’lishi bilan bog’lanmagan: u moddalarning elektrokimyoviy potensial yo’lanishida, diffuziyasi natijasida ya’ni konsentrasiyaga bog’liq ravishda amalga oshiriladi
Aktiv ko’chirishga misol qilib, natriy va kaliy ionlarinig biomemebranalar orqali ko’chirili-shini (Na+ hujayra ichiga, K+- hujayradan tashqariga ).Kalsiyning skelet va yurak muskullarining sarkoplazmatik retikilumi membranalari orqali retikulum pufakchalari ichiga ko’chirilishini ko’rsatish mumkin.
Bu jarayonlar ATF gidrolizi energiyasi evaziga sodir bo’ladi va bu gidroliz alohida ferment-lar transporti - ATF a’zolari tomonidan amalgam oshiriladi. Passiv transportga eng yaqqol misol:harakat potensialning tarqalishida nerv tolalarining membranalar orqali ( natriy va kaliy ionlarining ) haraklatidir.
K+ Na+ Cl¯
+ + + - - - + + + - - -
- - - + + + - - - +++
Shuning uchun moddalar tashilishida (transportda ) elektrohimik potensial muhim rol o’ynaydi.
Moddaning kimyoviy potensiali deganda shu moddaning 1 mol’ miqdoriga to’g’ri keladigan termodinamik potensial o’zgarishiga teng kattalikka , ya’ni miqdoran Gipss ednergiyasiga teng µk=(dG/dmk)P,T
Konsentratsiyasi C bo’lgan eritma uchun
µ = µ0 + RT ln C
µ0 - standart himyaviy potesial, konsintratsiyasi 1 mol’/l bo’lgan eretma himik potensialiga teng kattalik.
Agar zarrachalar zaryadlangan bo’lib ( electron,ionlar ), sistema maydonida bo’lsa, kimyoviy potensial qo’llaniladi.
U holda µ = µ0 + RT ln C + Z F φ (1)
Bu yerda:
F – 96500 kl/mol – Faradey soni;
Z –ionning elektr zaryadi;
φ - elektr maydon potensiali;
µ - elektroimyoviy potensial, elect maydondagi 1 mol’ modda miqdoriga teng Gibss (G) energiyasiga teng kattalik.
Formuladagi birinchi qo’shiluvchi 1 mol modda holatidan boshqasiga o’tishidagi kimyoviy o’zgarishlarni vujudga kelishi uchun bajariladigan ishga mos keladi.
2 – chi qo’shiluvchi 1 mol 1- komponentaning molyar konsentrasiyasi Ci1 dan Ci2 gacha o’zgartirishda bajarilgan ishdir.
3- chi qo’shiluvchi 1 mol’ ionlarning holati o’zgarganda electir maydoni kuchiga qarshi bajargan ishdir.
Demak sistemaning 1 holatdan 2 holatga o’tishida elektrokimyoviy potensialning o’zgarishi kimyoviy, osmotik va elekr energiyaning o’zgarishi bilan belgilanadi.

Download 201.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling