O’quv materiallari 1mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash
Download 1.72 Mb.
|
2 5282874318848527501
2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash.
Fuqarolarning murojaatlarini uz vaqtida xal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashnipg barcha zarur choralarini qurish. Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatiing har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish borasida salmoqli say-harakatlar olib borilmoqda. Ushbu harakatlarning muhim yo‘nalishi sifatida Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2017 yil yurtimizda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilindi va ushbu yilning asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda, davlat organlarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlab utildi29. SHu o‘rinda aytish joizki, o‘tgan yilning 24 sentyabridan boshlab dastlab Bosh vazir, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur qabulxonaga qilingan murojaatlar va ularning tezkor va sifatli xal etilishi jamiyatimizda shu paytgacha uchrab turgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo‘lish holatlariga keskin chek qo‘yildi, desak, hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. CHunki, qisqa davr ichida mamlakatimiz hududining eng olis joylaridan tortib, poytaxtimiz Toshkent shahrigacha turli-tuman masalalarda yig‘ilib qolgan muammolar tezkorlik bilan xal etilmoqda. Fikrimizni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi, xususan, 2017 yilning 20 fevraliga qadar Virtual qabulxonaga jami 509122 ta murojaat qilingan va bugungi kunda ushbu murojaatlar dan 436408 tasi ko‘rib chiqilgan30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda qabul qilgan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ana shunday masalalarni xal etishning zamonaviy usullarini hayotimizga tadbiq etishni nazarda tutishi bilan ahamiyatli31. SHu maqsadda farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Korakalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etilishi belgilab qo‘yildi. Ta’kidlash lozimki, bu aholining eng dolzarb muammolarini xal etish imkonini beradi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimliklar bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmini yaratiptga asos bo‘ladi. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya etish imkoniyatlari kengayadi. Murojaatlar bilan ishlash sifati yangi bosqichga ko‘tariladi. Murojaatlarni e’tiborsiz koldirish, ularning «yo‘qolib» qolishi, sansalorlik, murojaatni quyi idoralarga qaytarib yuborish va boshqa shu kabi holatlarning oldi olinadi. O‘zbekiston Respublikasining «Jismonii va yuridik shaxslarpipg murojaatlari to‘g‘risidapgi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalarda quyidagilar nazarda tutildi: murojaatlarpi qabul qilish va kuriv chiqishning interaktiv usullarini kengaytirish; murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalarini nashr etib borish; takroriy murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal etish, fuqarolarni sayyor qabul qilish xususiyatlari; videokonferensiyalar yordamida fuqarolarni masofaviy qabul qilishni tashkil etish; «Xalq qabulxonasi» institutining umumiy qoidalaripi belgilash; «Ishonch telefonlari» orqali murojaatni qabul qilish, ko‘rib chiqishning huquqiy asoslari. Harakatlar strategiyasi, 66-band Joylarda, tuman va shaharlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etilishi fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, Prezident devoniga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda murojaatlarni qonunchilik doirasida to‘liq, ko‘rib chiqish, xolislikka amal qilish va o‘z vaqtida qanoatlantirish belgilab qo‘yilmoqda.
Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling