Anaxronizm – (yunon. anaorqaga,chromosvaqt, zamon); yanglish holda bir davrdagi voqea yoki hodisalarni boshqasiga almashtirib qo‘yish.
Apatiya – (yunon.) butunlay befarqlik holati, loqaydlik.
Artikulyasiya – (lot.) nodavlat va jamoat tashkilotlari individlar va ijtimoiy guruhlarning tarqoq qarashlari, ijtimoiyruhiy kechinmalari va umidlarini aniq va ma’lumsiyosiy maqsadlar va talablarga aylantirishjarayonini anglatadi.
Axborot – (“informatio” lotinchadanma’lumotlar, tushuntirishlar, bayonlarni anglatadi) – bu ma’muriy, tashkiliy tadbirlar o‘tkazish haqida qarorlarni qabul qilish uchun, shuningdek taklif va tavsiyalarni tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi muhim faktlar (shaxslar, harakatlar, tashkilotlar, voqealar) to‘g‘risidagi ma’lumotdir. Falsafiy nuqtai nazardan axborot bizning ma’lumot (belgi) olish natijasida o‘rganilayotgan hodisalar (jarayonlar) haqida tasavvurlarimizning noaniqligini kamaytirish yoki olib tashlashni ta’minlaydi.
Axborot (informatsiya) lot. informaretasvirlamoq, nimadir haqida tushuncha tuzish; kimnidir faoliyati, nimadir faoliyati yokiishning ahvoli haqida habar, habardorlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |