O’quv materiallari 1mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


Download 1.72 Mb.
bet35/157
Sana09.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#267799
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   157
Bog'liq
2 5282874318848527501

2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyosv tomonidan qabul qilingan zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat kamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamkatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi38. Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida muhim o‘rin egallaydi.

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosida albatta tarkibiy o‘zgartirishlarni chutsurlashtirish, milliy itstisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatdoshligini oshirish masalasi turadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga \guljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida «Barchamiz uchun aziz va qadrli bo‘lgan Islom Abdug‘anievich Karimov bugun oramizda yo‘q,. Biroq Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz uz ishimizda doimo suyanamiz», deb ta’kidlab utildi39.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqdarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyik.

2016 yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard dollarlik 164ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti ishga tushirildi. Jumladan, Talimarjon IESda 450 MVt quvvatli ikkita bug‘gaz turbinasi va Angren IESda kumir kukunidan foydalanishga mo‘ljallangan 130150 MVt quvvatli energiya bloki qurish, Jizzax viloyatidagi sement zavodi quvvatini kengaytirish, «Indorama Kuksj tekstil» xorijiy korxonasi va «Fanteks» MCHJda yigiruv ishlarini tashkil etish, «GM O‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyatida «T250» rusumidagi engil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil qilish». shu bilan birga, «Sirdaryo viloyatidagi «Guliston Med Texnika» qo‘shma korxonasida steril shpritslar ishlab chiqarish» va boshqa loyixdlar shular jumlasidandir.



Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2017-2021 yillarda aholining energiya ta’minotini yaxshilash uchun kumir kazib olish sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobidan kumir kazib olishni yiliga 7,8 million tonnaga oshirish imkonini bsruvchi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Mamlakatimizda iqtisodist tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan say-harakatlar, ularning natijalari atroflicha muxrkama qilinmoqda.

Milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish masalasini xal etish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotning tayanch tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonaning rentabellik darajasini oshirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini yuksaltirish asosida ishchilar sonini ko‘paytirishga erishish rejalashtirilgan. Bu tadbirlar natijasida korxonalarning rentabellik darajasi oshadi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi va ishchilar soni ko‘payadi.

Iqtisodiyot tarkibida sanoatning rivojlanish dinamikasidagi muhim o‘zgarish korxonalar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilanish asosida sanoatda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va diversifikatsiyaning amalga oshirilgani hisoblanadi.

Sanoat siyosatidagi asosiy ustuvor ahamiyat institutsional islohotlarning sifatini oshirish va tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berish, sanoat ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyotining real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, o‘rta va uzok muddatda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi.

SHu bilan birga, Harakatlar strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatdosh muhitni shakllantirish hamda maxsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish bo‘yicha vazifalar belgilangan. Mazkur yo‘nalishda avvalambor ushbu sohani tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilish nazarda tutiladi. Mazkur qonunda quyidagilar aks ettirilishi rejalashtirilgan:



  • korxonalarning birlashishi va kushib olinishida monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish talablarini birxillashtirish;

  • raqobatni cheklovchi kelishuvlar, bitimlar va kelishilgan harakatlarga qarshi ko‘rash mexanizmlarini takomillashtirish;

  • ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarning aksiya va ulushlarini sotib olishda tadbirkorlik sub’ektlarining hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibini soddalashtirish;

manfaatlar tuknashuvini bartaraf etish maqsadida shu’ba korxonalar tomonidan ta’sischining ustav fondidan ulush sotib olishini va shu’ba korxona vakillarining ta’sischi kuzatuvchilar kengashida a’zoligini taqiqlash.

Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda turizm indo‘striyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistiq xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirishga olib keladigan o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, shuningdek, 2017-2021 yillarda Konsepsiyani amalga oshirishga doir aniq chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Mazkur vazifaning amalga oshirilishi turizm sohasining tezkor rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi ulushining ortishi, turistiq xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi. SHu bilan birga, «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunning yangi taxririni ishlab chiqish natijasida turistiq sohani rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari aniqlab beriladi, mazkur sohada tadbirkorlikning keng rivojlanishiga zamin yaratiladi.

Mamlakatimiz eksport salohiyatidan samarali foydalanish va uni kengaytirishda eksportchi korxonalarning maqsad va vazifalarini aniq belgilash, ularni amalga oshirish yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, eksport strategiyasini shakllantirish korxonalarning hozirgi paytda kuchli raqobat sharoitida uz o‘rni va mavqeni to‘g‘ri belgilab olishiga yordam beradi. Jahon bozorlarida raqobatning keskin tue olishi shuni ko‘rsatmoqdaki, endilikda korxonalar uz maqsad va vazifalarini belgilashda nafaqat max,sulotga bo‘lgan oddiy talab va taklifdan kelib chiqishlari kerak, balki birinchi navbatda, salox,iyatli iste’molchilarining ex,tiyojlari, x,oxlshistaklari hamda maqsadlarini doimo dikkat markazda to‘tib, ularni chuqur o‘rganishlari va shu sharoitga mos keladigan strategiyani amalga oshirishlari muhim bo‘lib qolmoqda.

Oxirgi yillar davomida diversifikatsiya qilish va iqtisodiyot sohalarining raqobatdoshligini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida jaxrn iqtisodiyotida inkiroz x,olatlari hamon saqlanib turgan va jax,on bozoridagi narxlar darajasi pastligi mamlakatimizning asosiy eksport sohalariga ta’sirini kamaytirishga erishildi.

YUrtimiz eksportchilarining tashqi bozordagi o‘rnini saqlash hamda mamlakatning salohiyatini kuchaytirish maqsadida xorijga maxsulot etkazib berish xajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan maxsulotlar turi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish ishlari davom ettirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida «Mamlakatimiz

iqtisodieti tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish 2017 yilda so‘zsiz xal qiluvchi faoliyat yo‘nalishiga aylanishi zarur», deb ta’kidlagani bu borada kelgusida ulkan ishlar amalga oshirilishidan darak beradi40.

Ushbu ma’ruzada davlatimiz rahbari mazkur sohaning holatiga tanqidiy baho berib, mashinasozlik kompleksida import xajmi eksportdan bir necha barobar yuqori bo‘lib, mahalliylashtirish darajasi esa importga nisbatan 20 foizdan kam ekanligi hamda ayni vaqtda mashinasozlik kompleksi, «Uzfarmsanoat» konserni va «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarda import xajmi eksport xajmidan unlab marta ko‘p ekanini aytib utdi. SHu bilan birga, «Uzqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati va «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi tizimida mahalliylashtirilgan maxsulotlar xajmi import mikdoriga nisbatan 2530 foizdan oshmasligi ta’kidlab utildi.

YUqoridagilardan kelib chiqib, Harakatlar strategiyasidagi mamlakatimizning 2017 yil uchun dasturida eksportga mo‘ljallangan maxsulotlarni yuqori darajada mahalliylashtirishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning istiqbolli sohalarini rivojlanti­rish dasturini tasdiqdash ko‘zda tutilgan. Mazkur ishlarni amalga oshirish yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish va modernizatsiya qilish, raqobatdosh, eksportbop maxsulot hamda materiallarni ishlab chiqish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.

2018-2021 yillarga mo‘ljallangan eksport faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorini qabul qilish ham 2017 yildagi asosiy vazifa bo‘lib unda quyidagilar nazarda tutiladi;


  • yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan maxsulotlarni eksport qilishni kengaytirish;

  • O‘zbekiston uchun savdo aloqalarini ri­vojlantirish borasidagi maqsadli bozorlarni aniqlash;

  • tashqi bozorlar kon’yunkturasini o‘rganish asosida katta xajmdagi eksportbop tovarlarni ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish;

  • tashqi bozorlarni marketingga xos o‘rganish usulini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;

  • belgilangan bozorlarni asosiy ishtirokchilar bilan uzviy o‘zaro hamkorlik o‘rnatish orqali milliy maxsulotlar bilan ta’minlash;

  • xalqaro sifat standartlarni (ISO 9001) keng joriy etish, ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarda maxsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish.

Transport-kommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish va tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilishi mamlakatimizning xalqaro transport kommunikatsiyalariga integratsiyalashuviga xizmat qilmoqda. 2015-2019 yillarda muxandislikkommunikatsiya va yo‘ltransport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturiga muvofiq 2016 yilda Respublika Iul jamg‘armasi tomonidan 520,1 kilometr avtomobil yo‘llari qurilishi va ta’mirlanishi yakunlandi.

Fargona vodiysini mamlakatimizning boshqa hududlari bilan ishonchli tarzda boglovchi, Qamchiq dovonidan 19,2 kilometr uzunlikdagi er osti yo‘li orqali utuvchi yangi Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l tarmog‘i kurildi. Mazkur temir yo‘lning foydalanishga topshirilishi bilan mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oluvchi yagona temir yo‘l tizimi to‘liq yaratildi.

Toshkent-Buxoro va Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanadigan «Afrosiyob» yo‘lovchi elektr poezdlari katnovi yo‘lga qo‘yildi. 291,5 kilometr uzunlikdagi Samarkand-Buxoro temiryo‘l qismini elektrlashtirish loyidasi yakunlandi. Havo kemalari parki 2 ta zamonaviy «Boeing 787800 Dreamliner» samolyoti bilan to‘ldirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2016 yilda kj tashish xajmi 5 foizga, shundan avtomobil transportida 5,3 foizga, xavo transportida 8,8 foizga oshdi.

SHu sababli yo‘ltransport, muxandislikkommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha dasturlarning prognoz parametrlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat kiliщ hamda ularga erishish lozim.

YAkuniy maqsad iqtisodiyot tarmoqlari uchun ishonchli infratuzilmani shakllantirish, shahar va qishloq aholisiga qulay shart-sharoit yaratib berishdir»41.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish doirasida 2017 yilda axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan mamlakatimiz hududlarida 2300 kilometr optik tolali aloqa tarmoqlarini qurishga 5,7 million dollar mablag‘ jalb etiladi. Buning natijasida mamlakatimiz aholisining yuqori tezlikda Internetga ulanishi, multime­dia va IPTV xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.

20172018 yillar davomida «O‘zbektelekom» kompaniyasi mablag‘lari, xorijiy investorlar kreditlari hisobidan kommutatsiya markazlarini IMS texnologiyasi asosida modernizatsiya qilishga 44,7 million dollar investitsiyalar kiritish rejalashtirilgan bo‘lib, uning amalga oshirilishi shaharlararo avtomatik telefon stansiyalar sig‘imini 17152 ta E1 portga oshirilishiga yordam beradi.

Mobil aloqa operatorlarining tarmoqlari kamrovi hududlarini kengaytirishga erishish maqsadida «O‘zbektelekom» AK va mobil aloqa operatorlari tomonidan 115,2 million dollar mablag‘ evaziga 1843 ta tayanch stansiya o‘rnatish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Dastur doirasida 2017 yilda mamlakatimiz aholisini, shu jumladan, togli va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi ax.olini raqamli televidenie bilan qamrab olish darajasini 100 foizga etkazish ko‘zda tutilgan. Bu maqsadlar uchun YAponiya xalqaro hamkorlik banki va YAponiya tijorat banklari mablag‘lari hisobidan 62,5 million dollar jalb etiladi va mamlakatimiz hududlarida 66 ta yuqori quvvatli va 328 ta kam quvvatli raqamli televidenie uzatgichlari o‘rnatiladi va ishga tushiriladi.

Keyingi yillarda qishloq joylarda aholi uchun namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uyjoylar kurit bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 20092016 yillarda qishloq joylarda 1308 turarjoy massivida umumiy maydoni 9 573 ming kvadrat metr bo‘lgan 69 557 ta shinam uyjoy kurildi. Qishloqdardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi.

SHu bilan birga, ushbu sohaii o‘rganish aholining real extiyojlari va harid kobiliyatini, shuningdek, milliy mentalitetni va qishloq joylarda yashash sharoitlarining xususiyatlarini to‘liq hisobga olib, qurilish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan prinsipial jihatdan yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni qabul qilinishi tufayli amalga oshiriladigan ishlar natijalari quyidagilarda aks etadi:



  • kapital qurilish sohasidagi normativ bazani bozor munosabatlarini joriy etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish;

  • loyihalash va qurilish tashkilotlariga moddiytexnik bazasini mustahkamlash uchun hamda yangi qurilish texnologiyalarini joriy etishga yo‘naltirilgan soliq va boshqa turdagi imtiyoz va engilliklar berish;

♦ milliy loyihalash va qurilish tashkilotlarining tashqi bozorlarga kirib borishga keng jalb etishni ta’minlovchi kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

♦ loyihalarni ekspertiza qilish tizimini takomillashtirish;

♦ loyihalarni moliyalashtirishning turli zamonaviy usullarini va boshqa moliyaviy vositalarini joriy etish;


  • pudrat tashkilotlarida mavjud bo‘lgan mutaxassislarni saqlab qolish, malakali qadrlarni jalb etish imkonini beradigan sharoitlarni yaratish;

  • qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chщish;

♦ loyihalash va qurilish tashkilotlari assotsiatsiyalarini tashkil etish.


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling