O’quv materiallari 1mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


Download 1.72 Mb.
bet44/157
Sana09.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#267799
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   157
Bog'liq
2 5282874318848527501

YOsh avlodni tarbiyalash, uning ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirishga Qaratilgan tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Bu chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:

  • «Biz-Vatanga tayanchmiz», «Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, x,al qiluvchi kuchimizyoshlar» degan shiorlar ostida aksiyalar tashkil etish;

  • «Adabiyot va san’at shaxs ma’naviyatini boyitish va yuksaltirish omili» mavzu­sida yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish;

  • badiiy adabiyotlarni inventarizatsiya dan o‘tkazish, axborotresurs markazlarini yangi kitoblar bilan boyitish;

  • «Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi» mavzusida axborot va metodik materiallar tayyorlash;

  • Vatanimiz ravnakini ta’minlashda yoshlarning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan «Eng buyuk jasorat ma’naviy jasoratdir» mavzusida davra sux,batlari tashkil etish;

  • yoshlar ongiga tahdid soluvchi axborot xurujlarining oldini olish, yoshlarda Internet va boshqa axborot resurelaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan seminartreninglar tashkil qilish;

  • «Fuqarolik jamiyatida shaxs tarbiyasi va unda oila institutining o‘rni» mavzusida anjuman o‘tkazish.

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishida to‘lovshartnoma asosida taxsil olayotgan chin etim, Mehribonlik uyida tarbiyalangan va otaonasi otaonalik huquqidan mahrum qilingan, kam ta’minlangan oilalardagi iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida «Ta’lim granti», «Kasaba uyushmalari stipendiyasi» loyihalari asosida stipendiyalar to‘lash butun yil davomida amalga oshirib boriladi. Ushbu ishlarni tashkil etish natijasida ijtimoiy himoyaga muxtoj, iqtidorli talabalarga oliy ta’lim muassasasida ta’limni davom ettirish uchun imkoniyat yaratiladi hamda ularning harakati, bilimi va intilishi moddiyma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladi.

YOshlar o‘rtasida madaniyat va san’at asarlariga bo‘lgan kizikishni oshirish, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan xunarmandlik an’analarini targib qilish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash va kasbxunarga kizikishini oshirish maqsadida «Xalq amaliy san’ati yoshlar qalbida» xalqaro amaliy san’at kurgazmasini o‘tkazish belgilangan. Iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni rag‘batlantirish, ijodiy salohiyatini yuksaltirish va katta saxnalarga olib chiqish, yoshlar e’tiborini musiqa va san’atga qaratish, bush vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, yosh iqtidorli ijodkorlarni izlab topish va ularning ijodini rag‘batlantirish, yoshlarni Vatanga muxabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadokat va fidoyilik ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi «Bahor nafasi» xalqaro san’at festivalini, «Musiqaga chorlaydi, yoshlar!» madaniyat xaftaligini, «Seni kuylaymiz, zamondosh!» O‘zbekiston teatrlarining IV Respublika qo‘riqfestivalini, «Onam aytgan allalar» festivalini, «YOshlik bahori» respublika yosh opera ijrochilari festivalini, «Sozlar navosi» xalq cholgulari ijrochilari respublika tanlovini va YUNESKO reprezentativ ruyhatiga kiritilgan «SHashmaqom», «Askiya», «Palov» va boshqa nomoddiy madaniy meros namunalari bo‘yicha «O‘zbek madaniy merosi jahon nigoxida!» nomli festivalni o‘tkazish 2017 yilning eng muhim va yirik madaniy tadbirlaridan deb hisoblanishga loyik tadbirlardir.

Mana, bir necha yillarki, yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Nixol» mukofoti saralash bosqichlari va uni tantanali ravishda topshirish marosimi yuqori saviyada o‘tkazib kelinadi. Bunday tadbir 2017 yilda ham bo‘lib utadi. Mazkur tadbirning bosh maqsadi ijodiy salohiyatga ega va iste’dodli yoshlarni ro‘yobga chiqarish, kashf etish, san’at olamiga kirib kelayotgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Turli sohalarda mehnat qilib, xalqimiz hurmate’tiboriga sazovor bo‘lgan zamon kaxramonlari faoliyati t5hisida hujjatli filmlar yaratish, ular bilan mungazam ravishda adabiy kechalar o‘tkazish doimo dikkatimiz markazida bo‘lib kelgan. Uz kasbi bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan turli soha vakillari faoliyatini targib qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish, ularni yoshlarga namuna sifatida etkazish va keng targib qilish muhim ahamiyatga ega.

YOshlarimiz o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuygusini shakllantirish, axloqiy va media madaniyatni oshirishga qaratilgan uchrashuvlar, davra suxbatlari, treninglar, viktorinalar, tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish, mahallalarda aholi va yoshlar bilan terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi ko‘rashishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi va bu borada ham tegishli vazifalar belgilandi.



Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling