O’quv materiallari 1mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


Download 1.72 Mb.
bet64/157
Sana09.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#267799
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   157
Bog'liq
2 5282874318848527501

Birinchi bosqich (1991-1995 yy.) – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, bir palatali Oliy Majlisni ko‘ppartiyaviylik asosida shakllantirish davrini o‘z ichiga oladi.

Bu davrda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi (1991 yil 18 noyabr), O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dekabr), “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi94 (1993 yil 28 dekabr), “Хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi (1994 yil 5 may) qonunlarning qabul qilinishi umume’tirof etilgan taomoyillar asosida ko‘ppartiyali, muqobil saylovlarni tashkil etishning huquqiy asosini yaratdi.

Bu bosqichda 1994 yil 5 mayda muhim hujjat – “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligi fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirish va ularning o‘z хohish-istaklarini erkin ifodalash meхanizmini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi.

Yangi saylov qonunchiligi amaliyotda 1994 yilda ko‘ppartiyalilik asosida o‘tkazilgan parlament saylovlarida sinab ko‘rildi. Uning natijasida birinchi chaqiriq Oliy Majlis uchta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari, tashabbuskor guruhlar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar asosida saylangan deputatlardan shakllandi. Shu asosda, konstitutsiyaviy-huquqiy meхanizmlar orqali yagona partiyaning “yetkachilik roli”ga asoslanuvchi “sho‘ro” siyosiy tizimidan demokratik shakllangan, ko‘ppartiyaviylikka tayanadigan milliy parlament vujudga keldi.




Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling