O’quv materiallari 1mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi
Download 1.72 Mb.
|
2 5282874318848527501
GLOSSARIY
Abolitsionizm – (lot. bekor qilish) biror qonunni bekor qilishga qaratilgan ommaviy harakat. XVIII asr oxiri va X1X asrning birinchi yarmida AQSHda negrlarni qullikdan ozod qilish uchun boshlangan harakat ishtirokchilari – abolitsionist deb atalgan. Avtonomiya (yunon. autos+nomoso‘zi+qonun); 1.yagona Davlat miqyosida hududiymilliy tuzilmalarga (viloyat, o‘lka) o‘zini o‘zi boshqarish vakolatlarini berish; 2.Ma’muriyhududiy birlik; 3.Qandaydir organlar (xo‘jalik, davlat, partiya va boshqalar) faoliyatlaridagi o‘zini o‘zi boshqarish huquqi. Avtonomiya (yunon. autos+nomoso‘zi+qonun); 1.yagona Davlat miqyosida hududiymilliy tuzilmalarga (viloyat, o‘lka) o‘zini o‘zi boshqarish vakolatlarini berish; 2.Ma’muriyhududiy birlik; 3.Qandaydir organlar (xo‘jalik, davlat, partiya va boshqalar) faoliyatlaridagi o‘zini o‘zi boshqarish huquqi. Agregatsiya (lot.) nodavlat va jamoat tashkilotlari ayrim manfaatlarni agregatsiya qilish, ya’ni turli munozaralar va muhokamalar vositasida turli manfaatlar uyg‘unlashtiriladi va ular o‘rtasida muayyan munosabatlar tizimini shakllantiradi. Bu jarayonda asosiy va muhim manfaatlar tanlab olinadi ularni qondirish chora va tadbirlari ko‘riladi. Advokaturahuquqiy institut, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini o‘z ichiga oladi. O‘zb.Res. fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasining advokatura to‘g‘risidagi qonuni 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan. Adliya(arab.adolat)sud muassasalarining butun majmuini, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatini, shuningdek, sud idorasini bildiruvchi atama. Adolat (arab. – odillik, to‘g‘rilik) – u yoki bu qadriyatlarning o‘zaro umumiy munosabatini va ularning individlar o‘rtasida konkret taqsimlanishini ifodalovchi tushuncha; insonning mohiyati va uning ajralmas huquqlarini haqidagi tasavvurlarga mos bo‘lgan jamoa tartibi. Aktor (lot. “actor” arbob); muayyan xattiharakatlarni amalga oshiruvchi individ, ijtimoiy guruh, institut yoki boshqa sub’ekt, ziddiyatlarda ishtirok etuvchi tomonlar. Siyosatshunoslikda aktor va sub’ekt tushunchalari sinonim sifatida ishlatiladi. Alarmizm – intellektual va ekspertlarni birlashtiruvchi zamonaviy g‘oyaviy oqim. U xavf solayotgan global muammolar – yadroviy, ekologik v.x. – borasida ogohlantiradi Amnistiyajinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan to‘liq yoki qisman jazodan ozod qilish, shuningdek, ilgari sud tomonidan belgilangan jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslardan sudlanganlikni olib tashlash. Amnistiya akti normativ xususiyatga ega, ya’ni amnistiya akti bilan belgilangan talablarga javob beradigan barcha shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling