O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari


Download 2.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/74
Sana12.08.2023
Hajmi2.67 Mb.
#1666591
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
Bog'liq
ZPT MAJMUA kunduzgi

4 – bosqich. Ta‘lim jarayonini loyihalashning eng muhim bosqichi sanalgan 
to‘rtinchi bosqichda mashg‘ulotning shakli, metod va vositalarini tanlash kabi 
harakatlar amalga oshiriladi. 
Mazkur bosqichning muhimligi shundaki, aynan mashg‘ulot shakli, metod va 
vositalari ta‘lim jarayonining muvaffaqiyati ta‘minlanishiga olib keladi. Ular yordami 
bilangina o‘quv predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) borasidagi nazariy bilimlar 
tahsil oluvchilarga uzatiladi, tahsil oluvchilar tomonidan esa ushbu bilimlar qabul qilib 
olinadi. 
Muayyan mashg‘ulot uchun eng maqbul deb topilgan shakl, metod va vositalarning 
belgilanishi ta‘lim jarayonining qariyb 90 foizlik muvaffaqiyatini kafolatlaydi. Yangi, 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy mohiyati aynan mana shu bosqichda 
ochib beriladi. Tahsil oluvchilarni ijodiy izlanish, faollik, erkin fikr yuritishga 
yo‘naltiruvchi ta‘lim shakli, metod va vositalarining to‘g‘ri tanlanishi 


50 
mashg‘ulotlarning qiziqarli, bahs-munozaralarga boy bo‘lishi, ijodiy tortishuvlarning 
yuzaga kelishiga turtki beradi. 
Mana shu holatdagina tahsil oluvchilar tashabbusni o‘z qo‘llariga oladilar
o‘qituvchining zimmasida esa ularning faoliyati ma‘lum yo‘nalishga solib yuborish, 
umumiy faoliyatni nazorat qilish, murakkab vaziyatlarda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, 
maslahatlar berish hamda ular faoliyatini baholash kabi vazifalar qoladi. 
5-bosqich. Navbatdagi (beshinchi) bosichda tahsil oluvchilar tomonidan bilim
ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilishi uchun yetarli deya belgilangan vaqt hajmi, 
ya‘ni, muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan ma‘lum tushuncha, ko‘nikma va 
malakalarning tahsil oluvchilar tomonidan qancha vaqt oralig‘ida o‘zlashtirilishi 
mumkinligi aniqlanadi. 
6-bosqich. Oltinchi bosqichda mashq (topshiriqlar) tizimi ishlab chiqiladi. Bosqich 
natijasi sifatida ishlab chiqilgan mashq (topshiriqlar) tizimining samaradorligiga 
alohida ahamiyat berish talabi mazkur bosqichning asosiy sharti hisoblanadi. 
Mazkur bosqichda ishlab chiqlgan mashqlar tizimini quyidagi guruhlarga bo‘lish 
maqsadga muvofiqdir: 
A) mashg‘ulot jarayonida tahsil oluvchilar tomonidan yechilishi (hal etilishi) lozim 
bo‘lgan mashqlar; 
B) darsdan tashqari sharoitlarda bajarilishi ko‘zda tutilgan mashqlar (uy vazifalari). 
Tahsil oluvchilar e‘tiboriga havola etilayotgan mashqlar bir-birini to‘ldirishi, 
o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik va eng muhimi evolyutsion hususiyat kasb eta olishi 
lozim. 

Download 2.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling