O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari
Download 2.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ZPT MAJMUA kunduzgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimlilik, yaxitlik tamoyili.
tamoyili. Ta’limni “texnologik” yo‘nalishda ko‘rishning umumiy mezoni uning
aniq va batafsil belgilangan maqsadga yo‘naltirilganligidadir. Bu holatda har bir maqsadni amalga oshirish uchun alohida qonuniyat, jarayon, ketma-ketlik va unga mos amallar majmui mavjud bo‘lishi asos sifatida olinadi. “Pedagogik texnologiya”ning vositaviy yo‘naltirilganligi unig turli uslublar asosida turli ta’lim tizimlarini ko‘rishdagi keng imkoniyatlarini belgilab beradi. Bunda ta’limning tashkiliy jihatlari olinadi. Faqatgina “pedagogik texnologiya” doirasida aniqlab olinadigan maqsadlarning empirik (amaliy) tahlili beriladi. Bundata’lim-tarbiya natijasining kafolatligi asosiy o‘rin tutadi. 2. Tizimlilik, yaxitlik tamoyili. Pedagogik texnologiyada ta’lim-tarbiya jarayoni ma’lum tizimlilik asosida tashkil etiladi. Belgilangan aniq maqsad loyihalashtirilgan ta’lim jarayoni tizim ichida amalga oshiriladi. Ta‘lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Insonparvarlashtirishninglug‘aviy ma’nosi yunoncha humanus – insoniylik, humanitas – insoniyat demakdir. Insonparvalashtirish ta‘lim muassasalarida o‘rganiladigan fanlar sirasiga ijtimoiy fanlar (tarix, madaniyatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, filologiya va boshqalar)ning kiritilishini, shu bilan birda insoniylashtirish tushunchasi ham ishlatiladiki bu esa shaxs va uning faoliyatiga nisbatan ijobiy yondashuvni anglatadi. Boshqacha aytganda, insonparvalashtirish – inson va jamiyat o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlar jarayonida inson omili, uning qadr-qimmati, sha‘ni, or-nomusi, huquq va burchlarini hurmatlashga asoslanuvchi faoliyatni tashkil etish jarayonidir. Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta’lim jarayonida pedagog tahsil oluvchilar faoliyatini avtoritar (yakka hokimlik) tarzida boshqarmay, balki insonparvarlasjtirish tamoyili fsosida teng hamkorlik g‘oyalariga sodiqlik bilan ta‘limni insonparvarlashtirish tamoyiliga amal qilinishini ta‘minlaydi. Ushbu holat o‘z navbatida yuksak ma‘naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi. Download 2.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling