O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari


- MAVZU. O’QUV JARAYONINI LOYIHALASH VA UNING


Download 2.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/74
Sana12.08.2023
Hajmi2.67 Mb.
#1666591
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74
Bog'liq
ZPT MAJMUA kunduzgi

5 - MAVZU. O’QUV JARAYONINI LOYIHALASH VA UNING 
BOSQICHLARI 
Reja: 
1.Pedagogik jarayonni loyihalashning mohiyati. 
2.. Ta'lim jarayonini loyihalash tamoyillari. 
3. Ta'lim jarayonini loyihalash bosqichlari. 
Tayanch tushunchalar: loyihalash, pedagogik tashxis, pedagogik jarayonni 
loyihalashtirish, 
Loyihalash pedagogik jarayonni tashkil etish va uning muvaffaqiyatli kechishini 
ta‘minlovchi muhim shartlardan biridir. Pedagogik jarayonni loyihalashda quyidagi 
vazifalar bajariladi.: 
 
Pedagogik faoliyat mazmunini tahlil qilish; 


42 
 
Natijalarni oldindan ko‘ra bilish; 
 
Rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish. 
Bu bosqichda o‘qituvchining mustaqil faoliyati yetakchi o‘rin tutadi. U tahsil 
oluvchi bilan hamkorlikda loyihalashtirilgan o‘quv jarayonining mazmuni, vositalarini 
belgilaydi. Demak, pedagogik jarayonni loyihalash loyiha – mazmun – faoliyat 
uchligi asosida tashkil etuvchi pedagogik faoliyatning umumiy mohiyatini yaxlit 
ifodalashga xizmat qiluvchi loyihani yaratishdir. 
Loyihalar predmet va uning yo‘nalishiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Loyihalarda 
pedagog tomonidan ketma-ket amalga oshiriluvchi va tashxisning qo‘yilishi bilan 
yakunlanuvchi tahliliy faoliyat; oldindan ko‘ra bilish va loyihalash kabi ijodiy 
faoliyatlar namoyon bo‘ladi. Tashxis, oldindan ko‘ra bilish va loyihalash har qanday 
pedagogik vazifani hal etishning ajralmas uchligi hisoblanadi. 
Loyihalash ta‘limning ijtimoiy, pedagogik maqsadlarga tayangan holda, pedagogik 
jarayonni aks ettiruvchi umumiy strategiya hisoblanadi. Loyihalashda o‘quv rejasi, 
dasturlari, darslik, metodik tavsiyalar va boshqa o‘quv qo‘llanmalar muhim manbaa 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Pedagogik vaziyatni to‘laqonli anglash hamda vazifalarning aniq va to‘g‘ri 
belgilanishi pedagogik jarayonni samarali hal etishning muhim shartidir. 
Pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati turli vazifalar mohiyatining bir yo‘la yoki 
birin-ketin anglanishiga bog‘liq. Pedagogik faoliyat uchun umumiy bo‘lgan vazifalarni 
belgilab olish muhimdir. So‘ngra pedagogik jarayonning ma‘lum bosqichi mohiyatini 
aniq ifodalaydigan bosqichli vazifalar (alohida olingan bosqich vazifalari)ni, nihoyat 
xususiy (vaziyatli) pedagogik vazifalarni aniq belgilab olish maqsadga muvofiq. 
Pedagogik jarayonni loyihalashtirishda vazifalarning belgilanishi: 
1-qadam – umumiy pedagogik vazifalar (pedagogik jarayon xususiyatlarini yaxlit 
holda inobatga olish asosida belgilanuvchi). 
2-qadam – bosqichli pedagogik vazifalar (muhim bosqich xususiyatlarini inobatga 
olgan holda belgilanuvchi). 
3-qadam – vaziyatli pedagogik vazifalar (muayyan vaziyatlarni inobatga olgan 
holda belgilanuvchi). 
Pedagogik vazifani anglash mavjud ma‘lumotlarni tahlil qilish va tashhis qo‘yish 
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Tashxis (grekcha diagnostikos – tez anglab olish) dastlab tibbiyotda qo‘llanilgan 
tushuncha hisoblanib, kasallik mohiyati va bemor holati, uning har tomonlama izchil 
o‘rganilishini anglatuvchi vrach xulosasi sifatida e‘tirof etib kelingan. 
So‘nggi yillarda “tashxis” tushunchasi amaliy pedagogikada ham keng 
qo‘llanilmoqda. 
Pedagogik tashhis – pedagogik jarayonni uning umumiy holati, shuningdek, 
tarkibiy qismlarini har tomonlama, yaxlit tekshirish orqali baholashdir. 
Pedagogik tashxis odatda pedagogik jarayonning psixologik, subektiv 
xususiyatlarini inobatga olish (psixodiagnostik tekshiruv) asosida qo‘yiladi. 
Psixodiagnostik tekshiruv tahsil oluvchi shaxsi hamda uning faoliyatini yaxlit yoki 
ma‘lum jihatlarini alohida qamrab olishga asoslanadi. 
Psixodiagnostik tekshiruv davomiyligiga ko‘ra tezkor yoki davomli bo‘lishi 
mumkin. 


43 
Pedagogik tashxis: 
1. Tezkor tashxis – tahsil oluvchi yoki taxsil oluvchilar jaomasining ruhiy holatini, 
shuningdek, ularning og‘zaki va yozma javoblarini tahlil qilishdan iborat. 
2. Davomli tashxis – o‘quv jarayonining umumiy holati, tahsil oluvchilar xulqidagi 
kamchiliklar, tahsil oluvchilar jamoasi yoki alohida tahsil oluvchining individual 
xususiyatlari va o‘quv faoliyatining mazmunini o‘rganishdir. 
Malakali pedagogik tashxisning zaruriyati o‘qituvchidan tahsil oluvchi shaxsini 
o‘rganish metodlari va maxsus metodikalarini, jamoa, shuningdek, yaxlit pedagogik 
jarayon xususiyatlarini chuqur o‘rganishni talab etadi. 
Tashxis qo‘yish ta‘lim (yoki tarbiya) maqsadi va vazifalarini hal etishning umumiy 
talabi hisoblanadi. U maqsadlarning aniqligi, bir xilligi, ularni bajarish usullari
o‘lchash va baho berish bilan chambarchas bog‘liq. 
Pedagogik tashxis asosini tahsil oluvchi shaxsini har tomonlama bilish, jamoa 
sifatida sinfning xususiyatlarini o‘rganish, aniq pedagogik vaziyatlarda ma‘lumotlarni 
tahlil etish kabi holatlar tashkil etadiki, ular ta’lim jarayonini loyihalashning keyingi 
muhim bosqichiga o‘tish, ya‘ni, pedagogik jarayonni oldindan ko‘ra bilish 
imkoniyatini yaratadi. Bu holat pedagogik maqsadning shakllanishiga olib keladi va 
maqsad asosida puxta o‘ylangan pedagogik vazifalarni belgilash imkonini beradi. 
Shaxsning rivojlanish darajasi ta‘lim maqsadlari bilan uyg‘un bo‘lgandagina 
pedagogik maqsadga erishmaslikning oldini olishga erishiladi. Ya‘ni, pedagogik 
maqsad pedagogik tizimning muhim omili sifatida muammolarni muqarrar hal etadi. 
Pedagogik tashxis oldindan ko‘ra bilish ob‘ekt haqidagi ma‘lumotlarni oldindan 
o‘rganish jarayoni sanaladi. Bunda ob‘ekt sifatida sinf, tahsil oluvchi, bilim, 
munosabat va hokazolar tanlanadi. 
Oldindan ko‘ra bilish metodlari turli-tuman bo‘lib, o‘qituvchi ularni mukammal 
o‘zlashtira olishi kerak. Oldindan ko‘ra bilish metodlari sirasiga modellashtirish, faraz 
qilish, sintezlash, dalillash, fikriy tajriba va boshqalar kiradi. 
Oldindan ko‘ra bilish turlari, yo‘nalishiga ko‘ra: 
1. Izlanuvchan oldindan ko‘ra bilish – ob‘ektning kelgusi holati, uning rivojlanishi 
va unga nisbatan tashqi omillarning ta‘sirini aniqlashga yo‘naltiradi. 
2. Me‘yoriy oldindan ko‘ra bilish – muayyan ob‘ektning o‘zgarishini hisobga olgan 
holda belgilangan maqsadga erishishning samarali yo‘llarini izlab topishni nazarda 
tutadi. 
Pedagogik vazifalarning turi va ularning vaqt bo‘yicha taqsimotiga ko‘ra – 
strategik, taktik, tezkor bo‘ladi. 
Ushbu metodlar bir-birlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Oldindan ko‘ra bilish 
pedagogning u tomonidan pedagogik vazifalarni fikran bajarishda qo‘llaniladigan 
samarali usullarini faraz qilishida namoyon bo‘ladi. 
Oldindan ko‘ra bilish qobiliyati o‘qituvchiga xos bo‘lgan muhim kasbiy fazilat 
hisoblanadi. Pedagogik oldindan ko‘ra bilish maqsadga intiluvchanlik bilan bog‘liq 
holda pedagogik vazifalarni aniqlashtirishning va ularni pedagogik vazifalar tizimiga 
yo‘naltirishning so‘nggi natijasi hisoblanadi. Bunda pedagogik tashxisda ifoda 
etiluvchi ma‘lumotlar, ya‘ni, shaxs va jamoaning qo‘shimcha imkoniyatlari va 
tayyorgarligi hisobga olinishi kerak. Ilmiy jihatdan asoslangan oldindan ko‘ra bilish 
natija sifatida pedagogik vazifani, pedagog va tahsil oluvchi faoliyatining mazmunini, 


44 
motivatsiya va qisqa muddatda hal etilishi zarur bo‘lgan jihatlarni sintez qiladi. 
Pedagogik vazifa pedagog tomonidan, avvalo, o‘zi uchun shakllantiriladi, so‘ngra 
e‘tibor tahsil oluvchilarning imkoniyatlariga tayangan holda pedagogik vazifaning hal 
etilishiga qaratiladi. 
Malakali pedagogning vaziyatni oldindan ko‘ra bilishi va maqsadga intilishi ta‘lim 
jarayonini pedagogik loyihalashning asosini tashkil etadi. 
Pedagogik jarayonni loyihalash bosqichida pedagog duch keladigan birinchi 
muammo – bu pedagogik faoliyat mazmunini loyihalash sanaladi. 
O‘quv dasturi yoki tahsil oluvchi shaxsi ta‘lim mazmunini loyihalashning asosi 
bo‘lib, bu vaziyatda o‘qituvchi pedagogik faoliyat, maqsad v sharoitlarga muvofiq 
holda tahsil oluvchilarga nimani taqdim etish xususida mustaqil qaror qabul qiladi. 
Qaror qabul qilish jarayonida quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir: 
1.Tahsil oluvchilar tavsiya etilayotgan ma‘lumotdan nimani va qanday hajmda 
o‘zgartirishlari zarurligi; 
2.Tahsil oluvchilarning dastlabki tayyorgarlik darajasi, ularning o‘quv 
ma‘lumotlarini qabul qilish imkoniyatlari; 
3.O‘qituvchining shaxsiy, shuningdek, ta‘lim muassasasining moddiy-texnik 
bazasi. 
Bu o‘rinda o‘quv ma‘lumotlarini loyihalash tehnologiyasi muhim o‘rin tutadi. 
Unda: 
1) tahsil oluvchilarga taqdim etiladigan materiallar; 
2) tahsil oluvchilarga mustaqil bajarish uchun beriladigan vazifalar; 
3) tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan ma‘lumot (bilim) turlari o‘z aksini 
topadi. 
O‘quv vazifasi o‘quv materialining ma‘lum qismlariga muvofiq tuzib chiqiladi. 
Shu bilan birga o‘quv materialini pedagogik jihatdan maqsadga erishishiga 
yo‘naltirilgan tizim sifatida e‘tirof etish mumkin. Demak, o‘qituvchi faoliyatida o‘quv 
vazifalari tizimi o‘quv materialini loyihalash va didaktik materialni shakllantirish 
sifatida aks etadi. 
Odatda ijobiy yakuniy natijalarga erishishga intilgan pedagog o‘quv dasturida 
belgilangan mazmun bo‘yicha ish ko‘radi. Shu asosida o‘zining shaxsiy faoliyat 
dasturini yaratadi. 
O‘qituvchining shaxsiy faoliyat dasturida tahsil oluvchilar tomonidan chuqur 
o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlar, o‘quv kursining asosiy tayanch tushunchalari, 
o‘quv axborotlarni o‘zlashtirish psixologiyasi hisobga olinishi lozim. 
Demak, pedagog loyihalash texnologiyasini qo‘llashda tahsil oluvchilarning 
ehtiyojlari, ta‘lim jarayonining ma‘lum bosqichida darsga tayyorlash imkoniyati, tahsil 
oluvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirish qobiliyatlarini o‘stirishni aosiy masalalar 
sifatida tan olsagina muvaffaqiyat qozonadi. 
O‘qituvchi faoliyatida kelajakka mo‘ljallangan va tezkor loyihalash turli darslarda 
turlicha moslashtiriladi. Pedagog loyihalashga kirishda xoh u dars, xoh u tarbiyaviy 
tadbir bo‘lsin, har bir pedagogik vazifaning yaxlit pedagogik jarayon tizimidagi o‘rnini 
bilishi lozim. 


45 
Agar pedagog faoliyati taxsil oluvchilarning talablarini qondirish, ya‘ni, yakuniy 
maqsadlarga qaratilsa, u holda pedagog yaxlit pedagogik jarayonni yoki alohida dars 
va tarbiyaviy tabdirlarni loyihalashda ham qiyinchilikka duch kelmaydi. 

Download 2.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling