O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari
Download 2.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ZPT MAJMUA kunduzgi
4 – bosqich. Ta‘lim jarayonini loyihalashning eng muhim bosqichi sanalgan
to‘rtinchi bosqichda mashg‘ulotning shakli, metod va vositalarini tanlash kabi harakatlar amalga oshiriladi. Mazkur bosqichning muhimligi shundaki, aynan mashg‘ulot shakli, metod va vositalari ta‘lim jarayonining muvaffaqiyati ta‘minlanishiga olib keladi. Ular yordami bilangina o‘quv predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) borasidagi nazariy bilimlar tahsil oluvchilarga uzatiladi, tahsil oluvchilar tomonidan esa ushbu bilimlar qabul qilib olinadi. Muayyan mashg‘ulot uchun eng maqbul deb topilgan shakl, metod va vositalarning belgilanishi ta‘lim jarayonining qariyb 90 foizlik muvaffaqiyatini kafolatlaydi. Yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy mohiyati aynan mana shu bosqichda ochib beriladi. Tahsil oluvchilarni ijodiy izlanish, faollik, erkin fikr yuritishga yo‘naltiruvchi ta‘lim shakli, metod va vositalarining to‘g‘ri tanlanishi 50 mashg‘ulotlarning qiziqarli, bahs-munozaralarga boy bo‘lishi, ijodiy tortishuvlarning yuzaga kelishiga turtki beradi. Mana shu holatdagina tahsil oluvchilar tashabbusni o‘z qo‘llariga oladilar, o‘qituvchining zimmasida esa ularning faoliyati ma‘lum yo‘nalishga solib yuborish, umumiy faoliyatni nazorat qilish, murakkab vaziyatlarda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, maslahatlar berish hamda ular faoliyatini baholash kabi vazifalar qoladi. 5-bosqich. Navbatdagi (beshinchi) bosichda tahsil oluvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilishi uchun yetarli deya belgilangan vaqt hajmi, ya‘ni, muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan ma‘lum tushuncha, ko‘nikma va malakalarning tahsil oluvchilar tomonidan qancha vaqt oralig‘ida o‘zlashtirilishi mumkinligi aniqlanadi. 6-bosqich. Oltinchi bosqichda mashq (topshiriqlar) tizimi ishlab chiqiladi. Bosqich natijasi sifatida ishlab chiqilgan mashq (topshiriqlar) tizimining samaradorligiga alohida ahamiyat berish talabi mazkur bosqichning asosiy sharti hisoblanadi. Mazkur bosqichda ishlab chiqlgan mashqlar tizimini quyidagi guruhlarga bo‘lish maqsadga muvofiqdir: A) mashg‘ulot jarayonida tahsil oluvchilar tomonidan yechilishi (hal etilishi) lozim bo‘lgan mashqlar; B) darsdan tashqari sharoitlarda bajarilishi ko‘zda tutilgan mashqlar (uy vazifalari). Tahsil oluvchilar e‘tiboriga havola etilayotgan mashqlar bir-birini to‘ldirishi, o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik va eng muhimi evolyutsion hususiyat kasb eta olishi lozim. Download 2.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling