O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari


Download 2.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/74
Sana12.08.2023
Hajmi2.67 Mb.
#1666591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
ZPT MAJMUA kunduzgi

O‘quvchi: 
To‘g‘ri, ongli va ifodali o‘qishga o‘rganadi. Turli 
mashqlar vositasida tez o‘qish malakalari takomillashadi. 
Vatan haqidagi tushunchalari kengayadi, Vatanga muhabbat 
shakllanadi, Vatandan g‘ururlanish, ya‘ni milliy g‘urur 
shakllanishiga asos yaraladi. 
Kelgusi 
rejalar 
(tahlil, 
o‘zgarishlar). 
O‘qituvchi
Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va 
boshlang‘ich ta’limda uni q o‘llash yo‘llarini izlash va 
takomillashtirish. o‘z ustida ishlash. Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarida o‘qish motivlarini o‘stirish ustida ishlash. 
Darsni hayotiy tajribalar bilan bog‘lash. 
O‘quvchi: 
Matn bilan mustaqil ishlashga o‘rganish. O‘z fikrini 
erkin bayon etishga o‘rganish; o‘rganilganlar asosida ertak, 
maqol, hikmatli so‘zlar, tez aytishlarni o‘rganish. o‘rtoqlari 
fikrini ma‘qullash yoki yangi fikrlarni aytishga o‘rganish. 
Izoh: Texnologik xaritalar dars turiga qarab turlicha tayyorlanishi mumkin. 
Ta’lim jarayonini boshqarish o‘qituvchidan katta mahorat talab etadi. U dars 
ishlanmasida boshqaruv yo‘llarini belgilab oladi. O‘z faolityati va o‘quvchilar 
faoliyatini tashkil etish yo‘llarini, o‘quvchilar bilimini nazorat etish yo‘llarini aniq 
ishlab chiqadi. Ta’lim natijasini tekshirib, maqsadni nechog‘li amalga oshganini 
aniqlaydi va keyingi loyihani tuzishda korrektirovkalar kiritib yo‘l qo‘yilgan xato-
kamchiliklarni bartaraf etadi. 
Biz quyida 1-sinf o‘qish darsi algoritmidan namuna ko‘rsatamiz. 1-sinf o‘qish 
darslarining tuzilishi, ta’lim-tarbiyaviy maqsadi, dars tipi va o‘rganiladigan 
materiallarning xususiyatiga ko‘ra turli xildir. Shuningdek, dars qurilishida ham qat’iy 
andoza, birinchidan, ijodkorlikka yo‘l bermaydi, ikkinchidan, o‘quvchilarning 
imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Shuning uchun ham biz o‘qish darsnining taxminiy 
algoritmini diqqatingizga havola etamiz: 

Download 2.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling