O‘quv materiallari: a Ma’ruza matnlari
Download 2.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ZPT MAJMUA kunduzgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim berish
- Tushuntirish-ko‘rgazmali yondashuv
- O‘rgatuvchi modul
Ta’lim beruvchilar – o‘qituvchilar, pedagoglar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari.
Таҳсил олувчилар – o‘quvchi, tahsil oluvchi, tinglovchi, ya’ni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasasida mashg‘ulotlarga qatnashuvchi. Ta’lim berish - qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan, ta’lim beruvchini tahsil oluvchi bilan tartibli o‘zaro harakati. Ta’lim berish, ikkita bir-biri bilan uzluksiz bog‘liq hodisalardan iborat: o‘qitish va o‘qishdan. Texnologiya – yunoncha so‘z – «texno» - san’at va «logos» - o‘rganish. Materiallar yoki yarim fabrikatlarni olish, ishlov berishi va qayta ishlash usullarini ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi ilmiyfandir. Tushunish – uning ko‘rsatkichi, materialni bir shakldan boshqa shaklga o‘tkazilishi bo‘lishi mumkin materialni intepretatsiyasi yoki hodisa va voqealarning kelajagini oqibatlar bashorat qilish. Tushuntirish-ko‘rgazmali yondashuv – o‘qituvchilar mashg‘ulot davomida o‘quv uslubiy adabiyotlardagi ko‘rgazmali vositalar orqali «tayyor» holda bilim oladilar. Transferancy – бу ECTS (European Credit Transfer System) tizimiga xohlagan shaxs yoki tashkilotning to‘siqsiz kirishiga shart –sharoit yaratish. O‘qitish metodlari – o‘qitish maqsadga erishish uchun, ta’lim oluvchilarning faoliyatini tashkil etish va boshqarish, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari haqida nazariy tushncha beruvchi didaktik kategoriya tushuniladi. O‘rgatuvchi modul – o‘qitishning muayyan modul birligi bo‘yicha mazmuni, o‘quvchining o‘quv harakatlarini boshqarish tizimi, muayyan mazmun bo‘yicha bilimlar nazorati tizimi va uslubiy ishlanmalar mazmunidan iboratdir. O‘qitish – ta’lim oluvchilarga bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar (BKM) yig‘indisini yetkazishga va ularni ta’lim jarayonida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ta’lim beruvchining maxsus faoliyati. O‘qish faoliyatini boshqarish o‘qitish predmeti hisoblanadi. O‘qish – 1) tahsil oluvchilarning BKM ni o‘zlashtirishga, psixologik jarayonlarni va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, maxsus tashkil qilingan faol mustaqil faoliyati: 2) tashkil qilingan o‘quv-bilish faoliyati bo‘lib, ushbu jarayonda tahsil oluvchi hissiy qabul qilish, abstraksiyalash va amaliyotga suyangan holda bilmaslikdan bilimlilikka, to‘liq bilmaslikdan to‘liqroq va mukammal bilishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Download 2.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling