O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet120/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Rasmiy tuzilma – bu odamlar tashkilotning asosiy vazifalariga nisbatan bajaradigan rollari va vazifalarning tizimidir. Bu tuzilmaning rivojlanishida tashkilotlarga berilgan hokimiyat, vakolatlarning roli juda kattadir. Quyidagilar uning asosiy elementlaridir:
  • mehnat taqsimoti (gorizontal ixtisoslashish tizimi);


  • lavozimlarning vertikal bo‘yicha subordinatsiyasi;


  • kommunikatsiyalar tizimi.


Bundan tashqari, tashkilotlarda norasmiy jamoalar – odamlarning ma’lum maqsadlarga erishish uchun muntazam ravishda o‘zaro hamkorlik qiluvchi sportan ravishda (tashqi ta’sir emas, ichki ta’sir natijasida) vujudga keladigan guruhlari mavjud bo‘ladi. Bu maqsadlar norasmiy tashkilotlarni mavjud bo‘lishining sababi bo‘ladilar. Buning ustiga yirik tashkilotlarda bir emas, bir necha norasmiy tashkilotlar mavjud bo‘ladi.


Norasmiy tashkilotlarda rasmiylar bilan ko‘pgina umumiylik bo‘ladi, ular xuddi ko‘chirilgandek bo‘ladilar. Ular ma’lum darajada rasmiy tashkilotlar kabi tashkil qilinganlar, ya’ni ierarxiya va etakchilarga egalar.
Norasmiy tashkilotlarning etakchilari rasmiy tashkilotlarning etakchilari kabi hokimiyatga erishishga va guruh a’zolariga nisbatan ta’sir ko‘rsatish vositalarini qo‘llashga intiladilar. Farq shundan iboratki, rasmiy tashkilotlar etakchilari o‘zlariga berilgan vakolatlar ko‘rinishidagi qo‘llab-quvvatlashlarga egalar va o‘zlariga topshirilgan aniq va xizmat sohasida harakat qiladilar. Norasmiy etakchilarning tayanchi ularni guruhlar tomonidan tan olinishidan iboratdir. O‘zlarining harakatlarida ular odamlar va ularning o‘zaro munosabatlariga suyanadilar. Norasmiy etakchi ikkita asosiy vazifani bajaradi: guruhga maqsadlarga erishishda yordam berish va uni mavjud bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash. Ba’zida vazifalarni har xil odamlar – ikkita etakchi bajaradi.
Norasmiy tashkilotlarda ham qoidalar va xulq me’yorlari mavjud, ammo ular yozilmaganlar. Ular rag‘batlantirishlar va jazolar bilan mustahkamlanadilar. Ammo agar rasmiy tashkilot, uning tuzilishi va turi rahbariyat tomonidan ongli ravishda, oldindan o‘ylangan reja asosida qurilgan bo‘lsa, norasmiy tashkilotning tuzilishi va turi o‘zaro ijtimoiy hamkorlik natijasida vujudga keladi.
Norasmiy jamoaning tashkil bo‘lish jarayoni g‘oyatda uzundir. Mutaxassislar bu jarayonni odatda 5 bosqichga bo‘ladilar:


  • birinchisida odamlar ongsiz halokatli xarakterdagi qandaydir hodisaga stixiyali javob qaytarish bilan birlashadilar;


  • ikkinchi bosqichda odatda ongliroq tuyg‘ular bo‘ladi;


  • uchinchi bosqichda norasmiy jamoa qandaydir tashqi doimiy xatarga qarshi birgalikda kurash uchun endi tashkiliy ravishda birlashadi;


  • to‘rtinchi bosqichda birlashgan odamlarga qandaydir ijobiy narsa, masalan, raqobat kurashida qaror topish, obro‘li klubga tegishlilik va h.k. omil sifatida bo‘ladi;


  • beshinchi bosqichda odamlar faqat jamoa bo‘lib hal qilish mumkin bo‘lgan yirik uzoq muddatli maqsadlarni hal qilishi uchun birlashadilar.

Jamoaning jipslashganligi darajasi uni pishib etilganlik bosqichiga bog‘liqdir.


Odamlarning norasmiy tashkilotlarga kirishlarining bir necha sabablari mavjud:
  • ushbu tashkilotlarga tegishlik hissiga ehtiyoj;


  • xodimlar norasmiy tashkilotdan oladigan, ammo ular menejerdan olmaydigan yordam;


  • xodimlarning himoyasi, masalan, mehnat sharoitlari talablariga rioya qilish. Buning ustiga himoya vazifasi rahbarga ishonmagan vaqtda muhimroq ahamiyat kasb etadi;


  • odamlarning muloqot qilishga ehtiyoji. Odamlar atroflarida nimalar sodir bo‘layotganligini bilishni istaydilar, ammo ko‘pgina tashkilotlarda ularni etarlicha xabardor qilmaydilar. Buning ustiga rahbarlar ba’zida axborotlarni o‘z xodimlaridan ataylab yashiradilar;


  • odamlarning o‘zaro xayrixohligi. Ular ko‘pincha norasmiy tashkilotlarga o‘zlari xayrixoh bo‘lganlariga yaqinroq bo‘lish uchun kiradilar.


Norasmiy tashkilotlar quyidagi muammolarni yaratishlari mumkin:


  • korxona faoliyati samaradorligining pasayishi;


  • yolg‘on xabarlarning tarqalishi;


  • ilg‘or o‘zgarishlarga qarshilik qilish va h.k.


Shuning bilan bir vaqtda agar guruhli me’yorlar rasmiy tashkilotlardan ustunlik qilsa, norasmiy tashkilotlar foyda keltirishlari mumkin (korxonaga sodiqlik, jamoachilikning yuqori ruhi va mehnatning yuqoriroq unumdorligi). Bo‘lajak muammolarni engish va norasmiy tashkilotlar foydasidan foydalanish uchun menejerlar ularni tan olishlari, ular bilan ishlashlari, ularning qarorlarini hisobga olishlari, ularning etakchilari va a’zolari fikriga quloq solishlari, norasmiy tashkilotlarini qarorlar qabul qilishga jalb qilishlar, ovozalarning rasmiy axborotlarni operativ berish bilan yo‘lini to‘sishlari kerak.


Bundan tashqari, menejer faoliyatini tashkil qilishga rasmiy va norasmiy tuzilmalarning o‘zaro munosabati ham ta’sir ko‘rsatadi, chunki ko‘pgina shunday vazifalar va xizmatlarni bajarishga to‘g‘ri keladi, ular amalga oshirilishi bevosita rasmiy ko‘rsatmalar pirovarida paydo bo‘ladigan xarakterlar va ularning natijalariga qanchalik mos kelishiga bog‘liqdir.
Keyingi vaqtlarda rasmiy va norasmiy tashkilotlarning muvofiqligini ta’minlash, ularning o‘zaro hamkorligini uyg‘unlashtirish g‘oyasi keng tan olinmoqda. Ko‘pincha shuni kuzatish mumkinki, tashkilot a’zolarining norasmiy aloqalari tashkilotning rasmiy rejasiga mos keladi. Rasmiy va norasmiy tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi albatta qandaydir tasodifiy chetga chiqish bo‘lmaydi. U doimo mavjud bo‘ladi. Menejerlar tomonidan bu narsa hisobga olinishi, ikki tuzilmalarning o‘zaro hamkorligidan ishning manfaatlari yo‘lida foydalanish maqsadida harakatlar qilinishi kerak.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling