O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Korxona qudratini boshqarish texnologiyasining bosqichlari


Download 0.6 Mb.
bet130/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

9.1.Korxona qudratini boshqarish texnologiyasining bosqichlari.
Har qanday tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati ko‘proq xorijiy biznesda menejmentning tarkibiy elementi bo‘lgan korxona (bu erda korxona ostida firma, konsern, kompaniya, aksiyadorlik jamiyati, kooperativ, ijara, kichik korxona va biznesning boshqa birliklari tushuniladi) xodimlarini boshqarishning to‘g‘ri tanlangan strategiyasiga bog‘liq.

Strategiyani tanlash o‘z navbatida bir necha omillarga bog‘liq:


  • korxona salohiyati qanday hajmiga ega;


  • korxona salohiyatining raqobatbardoshligi darajasi qanchalik yuqori;


  • bozordagi uning ulushi qanday va u etakchimi, raqibmi yoki orqada qoluvchimi;


  • korxona o‘zining oldiga qanday maqsadlar qo‘ygan – etakchilikni mustahkamlash, etakchilar safiga kirish, “o‘rtada” mustahkamlanish yoki inqirozdan qochish.


Korxona qo‘yilgan maqsadlarga ko‘ra bozordagi xulqning u yoki bu strategiyasini tanlaydi. Bunda korxona salohiyatini boshqarish texnologiyasiningo‘zi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:


  • Korxona salohiyatidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash;


  • Korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholash;


  • Korxona salohiyati rezervlari va yo‘qotishlarini tahlil qilish;


  • Korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha strategiya va taktikani tanlash;


  • Tanlangan strategiya va taktikadan kelib chiqqan holda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish.




Korxona qudratini boshqarish texnologiyasining bosqichlari.
SHunday qilib, bozor sharoitlarida korxona salohiyatini boshqarish mohiyatiga ko‘ra, uning raqobatbardoshligini boshqarish (korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshiruvchi yoki pasaytiruvchi omillarni baholash va tahlil qilish, u yoki bu mo‘ljallangan maqsadga erishish uchun tegishli strategiya va taktikani tanlash)dan iborat bo‘ladi. To‘g‘ri strategiyani tanlash uchun menejerga hammadan avval iqtisodiy salohiyat nimadan iborat ekanligini bilish darkor.
Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati – bu korxona ixtiyorida bo‘lgan resurslar (mehnat, moddiy, nomoddiy, moliyaviy va boshqalar)ning majmuasi va uning xodimlari va menejerlarining tovarlar, xizmatlarni yaratish va kattaroq daromad olish maqsadida resurslardan foydalanish qobiliyatidir. Korxonaning iqtisodiy salohiyati to‘rtta asosiy alomatlar bilan ta’riflanadi:
Birinchi alomat. Korxonaning iqtisodiy salohiyati – uning iqtisodiy faoliyatining u yoki bu sohasidagi haqiqiy imkoniyatlari bilan belgilanadi. Buning ustiga nafaqat amalga oshirilgan, balki qandaydir sabablar bo‘yicha amalga oshirilmagan imkoniyatlar ham.
Ikkinchi alomat. Har qanday korxonaning imkoniyatlari ko‘proq unda mavjud bo‘lgan resurslar va ishlab chiqarishda ishga tushirilmagan rezervlar (iqtisodiy, ijtimoiy)ga bog‘liq. SHuning uchun korxonaning salohiyati yana ham ishlab chiqarishga jalb qilingan va ham jalb qilinmagan, ammo unda foydalanish uchun tayyorlangan resurslar va rezervlarning hajmi bilan belgilanadi.
Uchinchi alomat. SHaxsiy va xorijiy tajriba bizni ishontirishicha, har qanday biznesda muvaffaqiyat uchun resurslarga ega bo‘lish zarur, ammo hali bu etarli emas. Biz resurslarning hajmi bo‘yicha AQSH bilan tenglasha olishimiz va hatto undan ustun kelishimizdan qanday ma’no bor? Amerikaliklar va bizning turmush darajamizchi? Bu qanchalik siyqa bo‘lib yangramasin, yana mavjud resurslardan foydalanishni bilmoq kerak. Bu esa har qanday biznesda birinchi darajali vazifadir. Menejer shuni esdan chiqarmasligi kerakki, korxonaning salohiyati nafaqat unda mavjud bo‘lgan imkoniyatlar va resurslar bilan, balki uning ulardan tovarlar, xizmatlarni yaratish va kattaroq foyda olish maqsadida foydalanish qobiliyatlari bilan ta’riflanadi.
To‘rtinchi alomat. Korxona salohiyatini amalga oshirishning darajasi va natijalari (yaratilgan mahsulotlar va daromadlarning hajmi) yana tanlangan tadbirkorlikning shakli va korxonaning unga mos keluvchi tashkiliy tuzilmasi bilan belgilanadi. Masalan, IBM 1981 yilda mavjud tashkiliy tuzilma o‘zini ko‘rsatib bo‘lganligini tushunib markazlashtirilganlikni tugatgan. Natijada belgilangan tijorat doirasida bir-birlari bilan haqiqatdan ham raqobatlashuvchi 14 mustaqil birliklar – kompaniyalar vujudga kelgan. Bu firma ichidagi tadbirkorlikning rivojlanishi va umuman IBMning foydasini ko‘payishiga olib kelgan. Uningbo‘linmalari nafaqat “foyda markazlari” sifatida, balki “yangilik kiritishlar markazi” sifatida faoliyat yuritmoqdalar, bu natijada ham IBMga va ham undan ajrab chiqqan 14 kompaniyalardan har biriga muvaffaqiyat keltirmoqda.
Xorijiy biznesning nazariyasi va amaliyotida yaqin-yaqingacha bu barcha to‘rtta alomatlarni, ya’ni korxonalarning “iqtisodiy salohiyati”ni birlashtiruvchi tushuncha shuning uchun bo‘lmagan. G‘arbdagi texnologik ko‘tarilish paytida ustuvorlik asosiy kapital: mashinalar, dastgohlar, uskunalar va boshqa moddiy-ashyoviy resurslar turlarida bo‘lgan. Keyin esa texnik omildan katta samara olish imkoniyatlari tugashi munosabati bilan asosiy e’tibor kishilik kapitalga, xuddi xodimlarning qobiliyatlariga, ularning shaxsli salohiyatidan to‘liq foydalanishga qaratilgan. SHunday strategiya firmaga hatto barcha boshqa texnik imkoniyatlar tugagan bo‘lib ko‘ringan paytda ham katta daromadlar keltirgan. SHuning uchun bugun muvaffaqiyat qozonayotgan firmaning iqtisodiy salohiyati modeli quyidagicha ko‘rinadi:

1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling