O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
-jadval “Kishilik kapitali” omilini baholash uchun indikatorlarning SHveysariya tizimi (Jahon Jeneva iqtisodiy forumi)
Download 0.6 Mb.
|
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insonparvarlik (kishilik) kapitali” omilining yig‘ma indikatorlari
- Matritsa usuli
15-jadval
“Kishilik kapitali” omilini baholash uchun indikatorlarning SHveysariya tizimi (Jahon Jeneva iqtisodiy forumi)
\
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, zamonaviy raqobat kurashida “shtik bilan” hujumga boruvchi emas, balki to‘g‘ri holatni tanlab, undan qochishni biluvchi kishi g‘alaba qozonadi. Matritsa usuli. Uning asosida raqobat jarayonini ularni dinamika bilan bog‘liqlikda ko‘rib chiquvchi g‘oya yotadi. Tovarning egri chiziqli yashash davri ushbu usulning metodoligik asosi bo‘ladi. 70-yillarning o‘rtalarida “Boston konsalьting grupp” marketing firmasi o‘zining etarlicha oddiy holatlariga asoslangan holda har xil tovarning raqobatbardoshligini baholashning matritsa usulini ishlab chiqqan bo‘lib, hozir u har xil korxonalar va sohalarning raqobatbardoshligini tadqiqot qilishda qo‘llaniladi. Tadqiqotning asosiy quroli ikkita ko‘rsatkichlar asosida qurilgan matritsadir. Vertikal bo‘yicha bozor sig‘imining to‘g‘ri chiziqli ko‘lamdagi o‘sishi sur’atlari ko‘rsatiladi. Gorizontal bo‘yicha esa – tadbirkor yoki korxonaning bozordagi logarifmli ko‘lamdagi ulushi. Barcha kompaniyalar, korporatsiyalar, firmalar va biznesning boshqa birliklari bu matritsada o‘zlarining parametrlari va bozor sharoitlariga ko‘ra joylashadilar. Bozorda eng katta ulushga ega bo‘lganlar raqobatbardoshroq hisoblanadilar. Matritsa usulidan foydalangan holda, menejer va biznesmen nafaqat o‘z korxonasining, balki raqibining salohiyati raqobatbardoshligi darajasini ham baholashi va keyin esa bozordagi xulqining strategiyasini ishlab chiqishi mumkin. Matritsa usuli amerika maslahat firmalarida keng qo‘llaniladi, bizning tadbirkorlarimiz uchun ham salohiyatning raqobatbardoshligini baholash uchun ishonchli qurol bo‘ladi. Korxonaning salohiyati har xil turdagi bozorlardagi raqobat kurashida amalga oshiriladi. Uni amalga oshirilishining muvaffaqiyati ko‘proq menejerlarning san’ati, ularning bilimlari, tajribasi va kasbiy mahoratiga bog‘liq. Biznesning murakkab dunyosida bunday o‘zini-o‘zi baholash etarli emas. Ammo muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarning sabablariga mustaqil ekspertlar, maslahatchilar va raqiblarning ko‘zlari bilan qarash va solishtirish uchun maxsus ishlab chiqarilgan standartlardan, ya’ni etalon uchun qabul qilingan har xil korxonalar, sohalar va boshqalar salohiyatlari raqobatbardoshligining baholaridan foydalanish foylidir. Bu holda yutuqlarni o‘zi tomonidan baholashga aniqlik, tuzatishlar kiritiladi va u endi korxonaning bozor tizimidagi haqiqiy holatiga mos keladi. Qadimgilarning aytishlaricha, dunyoning boshlanishida so‘z yotadi. Muvaffaqiyatli biznesning asosida esa nima yotadi? Biznes strategiya (uzoq muddatli maqsadlar) ni belgilashdan, ya’ni jamiyatda qabul qilingan va mustahkamlangan qonunlar, axloqiy me’yorlar, iste’molchilarning ruhiy qaragshlari, milliy an’analar va h.k. ko‘rinishidagi huquqiy, iqtisodiy, sotsial, ekologik va boshqa standartlarni hisobga olish bilan kattaroq daromad olishga imkon beruvchi resurslar (xodimlar, moddiy-ashyoviy va boshqalar) ni muvofiq tanlab olishdan boshlanadi va uning asosida taktika ishlab chiqiladi. Muvaffaqiyatli biznesning strategiyasini umumiy ko‘rinishda quyidagicha aks ettirish mumkin: Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling