O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 0.6 Mb.
bet22/136
Sana28.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1728790
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   136
Bog'liq
O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch-fayllar.org

Menejmentda vaziyatli yondashuv.Bu yondashuvni ishlab chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shgan, chunki fanni aniq vaziyatlar va sharoitlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri qollash imkoniyati paydo bolgan. Vaziyatli yondashuvda asosiy tomon vaziyatlardan, ya’ni aniq holatlardan iborat bo‘ladi, ular tashkilotlarga ushbu aniq vaqtda katta ta’sir ko‘rsatadilar M.Follett 20-yillardayoq «Vaziyat qonuni» haqida gapirgan. Ammo bu yondashuv faqat 60-yillarning oxirida kerakli darajada ishlab chiqilgan. Vaziyatli yondashuvda e’tibor tashkilotlarning o‘z ichidagi vaziyatli farqlarga qaratiladi. Shu munosabat bilan ahamiyat- li o‘zgaruvchan vaziyatlar va ularning tashkilot faoliyati samaradorligiga ta’sirini aniqlash zarur.
Menejmentda tizimli yondashuv.50-yillarning oxirida boshqaruvda tizimlar nazariyasini qollanishi menejmentga boshqaruv fani maktablari va, xususan, amerikalik olimlar J.Pol Getti va Piter F. Drukerlarning muhim ulushi bolgan. Rahbarlar tizimlar nazariyasini boshqaruv jarayoniga nisbatan qollashlari uchun tashkilotni o‘zgaruvchan tizimlar sifatida bilishlari kerak. Ular tashkilotga o'zgarayotgan tashqi muhit sharoitlarida turli maqsadlarga erishishga moljallangan kishilar, tuzilma vazifalari, texnologiya kabi o‘zaro boglangan elementlarning majmuasi sifatida qarashlari kerak.
Menejmentda jarayonli yondashuv.Bu yondashuv hozirgi vaqtda keng qollaniladi. U birinchi marta ma’muriy boshqaruv maktabi vakillari tomonidan taklif qilingan bolib, ular menejerning vazifasini ta’riflashga harakat qilganlar. Bu konsepsiyani dastlabki ishlab chiqilishi A.Fayolga tegishlidir. Ushbu yondashuvga ko‘ra, boshqaruv uzluksiz o‘zaro bogliq harakatlar (xizmatlar) jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi, ularning har biri, o‘z navbatida bir necha o‘zaro boglangan harakatlardan iborat boladi.
Menejmentning ilmiy yondoshuvlari va tamoyillari
Menejmentning samaradorligi ko‘proq darajada ilmiy yondashuvlar va tamoyillardan foydalanish bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda amaliyotda menejmentga nisbatan faqat ba’zi bir ilmiy yondashuvlar va tamoyillar qo‘llaniladi, bu uni tushunishning “torligi” bilan izohlanadi.
Har bir ob’ektni boshqarishning nazariyasi va amaliyoti tahlili R.A.Fatxutdinov bo‘yicha menejmentga nisbatan o‘z ilmiy yondashuvlarini qo‘llash zarurligini belgilashga imkon beradi (2-jadval)

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling