Mazmuniga ko`ra: iqtisodiy;huquqiy; ijtimoiy; texnikaviy; tashkiliy.
Kelish manbai va foydalanish joyiga ko`ra: ichki axborot; tashqi axborot.
Kimga mo`ljallanganligiga ko`ra: korxona uchun; bo`lim uchun; tsex uchun; uchastka uchun.
Barqarorlik xarakteriga ko`ra: oddiy axborot; shartli-doimiy axborot; o`zgarib turuvchi axborot.
Foydalanish uchun tayyorligiga ko`ra: dastlabki; oraliq; yakuniy axborot. Davriyligiga ko`ra: smenali; sutkali; kvartalli va hokazo.
Boshqaruv jarayonidagi vazifasiga ko`ra: direktiv; hisobot ko`rinishidagi; hisobga olish bo`yicha; nazorat qilish bo`yicha axborot.
Voqealarning kelib chiqishini aks ettirish vaqtiga ko`ra: tarixiy; joriy; perspektiv axborotlar.
Mo`ljallanganligiga ko`ra: bir maqsadli; ko`p maqsadli axborotlar.
Mustahkamlash va saqlash imkoniyatiga ko`ra: og’zaki; yozma; ovozli; tasvirli axborotlar.
Muhimligiga ko`ra: o`ta muhim; muhim bo`lmagan axborotlar.
To`liqligiga qarab: to`liq, kompleks axborotlar; to`liq bo`lmagan axborotlar;
Xarakteriga qarab: individual; funktsional; universal axborotlar.
Ishonchliligiga qarab: Ishonchli axborotlar. ehtimolli axborotlar.
Ishlab chiqarish doimo rivojlanishda bo`lganligi sababli axborot turlari, soni va ko`lami ham ko`payib boraveradi. Shu bois yuqorida keltirilgan turkumlashni to`liq deb bo`lmaydi.
Barcha boshqarish vazifalarini kompleks hal etish uchun axborotlar har bir boshqarish ob’yektining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olib aniq turkumlanadi.
Axborotlar tizimi.
Axborot tizimlari ikki xil bo`lishi mumkin. Bular oddiy va murakkab tizim.
Oddiy tizim. Axborot paydo bo`lgan joydan iste`mol joyiga keltiriladi. Bunday axborot telefon orqali yoki signallar vositasida kelib tushishi mumkin. Bu turdagi axborot tizimi quyi boshqaruv bosqichiga to`g’ri keladi. Ish joyidan ustaga berilgan axborot bunga misol bo`la oladi. Bunday axborotga deyarli ishlov berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |