O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
Xarizmatik yetakchilik konsepsiyasi
Download 1.79 Mb.
|
Ma\'ruza Menejmenga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tubdan o‘zgartiruvchi yetakchi konsepsiya.
Xarizmatik yetakchilik konsepsiyasi. Xarizma – bu boshqalarga yetakchilikni qo‘llab-quvvatlanishi va tan olinishini keltirib chiqaruvchi shaxsiy jozibadorligi vositasida ta’sir qilish shaklidir, bu xarizmaning egasiga ergashuvchilar ustidan hukmronlikni ta’minlaydi. O‘zining shaxsiy sifatlariga ko‘ra ergashuvchilarga g‘oyatda kuchli ta’sir ko‘rsatishga qodir yetakchi xarizmatik deb hisoblanadi. Bunda yetakchilar hukmronlik, faoliyatda katta ehtiyojni boshdan kechiradilar va o‘zlarining to‘g‘riliklariga ishonadilar.
Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, oddiy vaziyatlarda xarizmatik yetakchilik hamma vaqt talab qilinmaydi. Ko‘pincha u ergashuvchilar o‘z istaklari va ularni bajarish yo‘llarini kuchli ravishda bo‘rttirib yuborgan hollarida to‘g‘ri keladi. Bu siyosat, din, harbiy harakatlarda yetakchilarda xarizmani tez-tez paydo bo‘lishini izohlab beradi. Tubdan o‘zgartiruvchi yetakchi konsepsiya. Islohotchi yetakchi odamlarni ularning qo‘yilgan maqsadlarni idrok etishdagi ongliligini oshirish, ularga shaxsiy manfaatlarni umumiy maqsad bilan birlashtirish imkoniyatini berish, ishonchlilik muhitini his qildirish yo‘li bilan undaydi. Bunday yetakchi ijodiyotini namoyon qiladi, uning orqasida voqealik turadi, u ergashtiruvchilarni natijadan natijaga olib boradi, odamlarni mehnat qilishga qaratadi. Bu narsa yetakchi va ergashtiruvchilarda inqirozli vaziyatda muammoni ijodiy hal qilishga yaroqli muhim xulqining mavjudligini ko‘zda tutadi. Model yetakchi ergashtiruvchilarga ularni boshqaruvda ishtirok etishga jalb qilish orqali ta’sir qilishi, o‘zini guruhning bir qismi bo‘lishi, birgalikdagi harakatlarni qo‘llab-quvvatlashi zarurligini tan oladi. Ergashtiruvchilardan yetakchining orqasidan ko‘r-ko‘rona borish emas, balki berilayotgan imkoniyatlarini tanqidiy baholash va harakatlarga ongli ravishda yondogshuv talab qiladi. SHunday qilib, yetakchilikning an’anaviy tendensiyalari yetakchi va uning xulqining sifatlari asosida samarali yetakchilikni taklif qiladilar. Bu konsepsiyalar pirovardida yakunlangan nazariyani yarata olmay, xulqining aniqlangan sifatlari va namunalarining ko‘pligida cho‘kib ketganlar. Vaziyatli yetakchilikka asoslangan yondoshuvlar yetakchilikning samaradorligini yetakchisini shaxs sifatida e’tiborga olmay, tashqi muhitlarning ta’siri orqali izohlashni taklif qilganlar. YAngi konsepsiyalar vaziyatli va an’anaviy yondoshuvlarning afzalliklarini birlashtirishga harakat qiladilar. Ular yetakchining muammoni hal qilishning yangi ko‘rinishini yaratish, o‘zining xarizmadan foydalanib, ergashtiruvchilarni ilhomlantirish, ulardagi maqsadga erishish bo‘yicha harakatni amalga oshirishga ishtiyoqini keltirib chiqarish qobiliyatiga e’tiborni qaratadilar. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling