O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


кишилик капитали + асосий капитал+ айланма капитал =


Download 1.79 Mb.
bet131/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

кишилик капитали + асосий капитал+ айланма капитал =
фирманинг иқтисодий салоҳияти



G‘arbiy biznesmenlar iqtisodiy salohiyatning barcha ko‘rsatib o‘tilgan elementlarini va hammadan avval kishilik va asosiy kapitalining muvofiqlashuvida har qanday tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyatiga “kalit”ni ko‘radilar. SHu munosabat bilan biznes doiralarida katta obro‘ga ega Li YAkokkning fikrini dalil qilib keltiramiz. U quyidagicha yozadi: “Barcha xo‘jalik operatsiyalarini pirovardida uchta so‘zlar bilan belgilanganga olib kelish mumkin: odamlar, mahsulot, foyda. Birinchi o‘rinda odamlar turadilar. Agar sizda ishonchli jamoa bo‘lmasa, qolgan omillardan juda kam narsa qilish mumkin”.


An’anaviy ravishda xorijiy biznesda kishilik kapitali faqat qisman qa to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan holda (aylanma kapital tarkibidagi ish haqiga xarajatlar shaklida) hisobga olingan, shuning bilan bir vaqtda hozir kishilik kapitali ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi mustaqil asosiy omil bo‘ladi. Pulni hisoblashni biluvchi xorijiy biznesmenlar o‘zlarining tajribalarida shunga iqror bo‘ladilarki, insonga kiritma (malakani oshirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, firma hisobidan bo‘sh vaqt va dam olishga xarajatlar) daromadlarni va raqobatbardoshlikni oshiradi.
Bizda esa ish qanday bormoqda? Afsuski, korxona iqtisodiy salohiyati modeli uzoq vaqtlar amaliyot tomonidan talab qilinmagan. Bizning rivojlanmagan biznesimizda ham ko‘rsatib o‘tilgan modelning ayrim elementlarini qo‘llash zarurligini his qilgan korxonalar bo‘lsa ham. Masalan, “Plastik” kooperativi xodimlar uchun bepul tushliklar, kooperativ hisobidan shifokorlarning navbatchiligi, o‘z xodimlari uchun uy-joylarni ularning qiymatini qisman to‘lash bilan qurishga pul kiritgan. Buning ustiga kooperativ pullardan bir qismini xayriya ishlariga ajratadi. Ammo iqtisodiy salohiyat modelidan majmuaviy foydalanishni bizning korxonalarimiz hozircha orzu qiladilar. Xorijiy biznesda iqtisodiy salohiyat modelidan tashqari boshqalardan ham keng foydalaniladi. Masalan, insonparvarlik, innovatsion, ilmiy-texnik va moliyaviy salohiyat modellari.
Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati modeli quyidagicha belgilanadi:

  • unda mavjud bo‘lgan resurslarning hajmi va sifati bilan (asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarida band bo‘lganlarning soni, aylanma fondlar va moddiy zaxiralar, moliyaviy va nomoddiy resurslar – patentlar, litsenziyalar, axborotlar, texnologiyalar bilan);

  • xodimlar (mutaxassislar, ishchilar, yordamchi xodimlar) ning qandaydir mahsulotni yaratishga qobiliyatlari, boshqacha qilib aytganda, ularning ma’lumotli, malakali, psixofiziologik va undovchilik salohiyatlari bilan;

  • menejerning korxonadagi mavjud resurslardan muvofiq foydalanishga qobiliyati (menejerning tayyorgarligi, iste’dodi va kasbiy moslashganligi, korxona tashkiliy tuzilmasini yaratish va yangilashni bilishi) bilan;

  • innovatsion qobiliyatlari bilan (ya’ni korxonani ishlab chiqarishlarni yangilash, texnologiyalarni almashtirish va h.k.ga qobiliyatlari bilan);

  • axborotli qobiliyatlari bilan(ya’ni axborotlarni ulardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun ishlab chiqish va “qo‘shimcha ishlov berish” usuli);

  • moliyaviy qobiliyatlari (korxonaning raqobatbardoshligi, moliya sohasidagi ichki va tashqi qarzdorligi) va boshqalar bilan.

Yig‘ilgan holda ular korxonaning yig‘ma (iqtisodiy va ijtimoiy) qobiliyatini tashkil qiladilar, u xuddi shunday, masalan boshqa korxonaning qobiliyati bilan solishtirilganda uning raqobatbardoshligi darajasini aks ettiradi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling