O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 1.79 Mb.
bet134/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

Ebft = DNt + Dpo + Dpb + Dpf

Pht Payoki Pprimshartida max

bu Ebft > Ebft, agar Ebft Ebft , unda biznes: yo umuman, yoki korxona uchun, yoki faqat jamiyat uchun samarali bo‘ladi.




Evf* va Ebi*belgilanishlar tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi biznes samaradorligining haqiqiy va me’yoriy darajasi:
Dnr va Rnt – tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi korxonaning yig‘ma daromadlari va resurslari;


Dpo - soliqlar va sotsial fondlarga ixtiyoriy to‘lovlar to‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan daromadlar;
Dpb - korxonaning respublika va mahalliy byudjetga topshirilgan daromadlari;
Dpf – korxonaning sotsial fondlarga ixtiyoriy ajratmalar shaklida topshirilgan daromadlari;
Ra – korxona tomonidan avanslashtirilgan resurslar (korxonaning qiymatiy baholanishdagi barcha mavjud resurslari, shu jumladan, rezerv qilingan ish joylari, xom ashyo, materiallarning me’yoridan ortiq zaxiralari, o‘rnatilmagan uskunalar, sug‘urta va tavakkalchilik fondlari);
Pprim – korxona tomonidan qo‘llanilgan resurslar (avanslashtirilgan resurslar minus foydalanilmagan resurslar, ya’ni rezervli ish joylari, xom ashyo, materiallarning me’yoridan ortiq zahiralari, o‘rnatilmagan uskunalar, sug‘urta va tavakkalchilik fondlari).
Ushbu formula, umuman, jamiyat nuqtai-nazaridan muvaffaqiyatli biznesni aks ettiradi. CHunki u soliqli byudjet tushumlari va sotsial fondlarni shakllantirishda faol ishtirok etish, hamda daromadlar va xarajatlarning faol balansi bilan raqobat qilishga qaratilgan. Bunday strategiyani amalga oshiruvchi korxonalar nafaqat raqobatbardosh salohiyatga egalar, balki davlatning iqtisodiy qudratini oshiradilar. G‘arbda ular o‘zlarini o‘stirgan mamlakatlarining faxri bo‘ladilar, ularning menejerlari esa – eng mashhur va nomi chiqqan kishilardir.
Jahon amaliyotida korxona faoliyatining asosiy natijalari daromadlar kategoriyasi bilan belgilanadi. Iqtisodiyot tilida bu – sof foyda (soliqlar va sotsial fondlarga ixtiyoriy to‘lovlar to‘langanidan keyin korxona ixtiyorida qoladigan foyda), ishlab chiqish bilan qo‘shilgan qiymat (sotilgan tovarlar qiymati minus xarid qilingan tovarlar va xizmatlar qiymati), yalpi daromad (sotsial to‘lovlarni o‘z ichiga oluvchi ish haqi fondi va plyus balansli foyda). Barcha daromadlar korxona ixtiyorida qoluvchi daromadlar va undan soliqlar, rentalar, to‘lovlar, subsidiyalar, badallar, xayriyalar hamda raqobat natijasida (narxdagi yon berishlar, holatiy yo‘qotishlar va h.k.) ko‘rinishida undirib olinadigan daromadlarga bo‘linadi. Daromadlar odatda ishga kiritiladigan resurslar (asosiy fondlar va moddiy aylanma mablag‘lar, avans qilib berilgan yoki qo‘llanilgan sarmoyalar) bilan tenglashtiriladi. Daromadlar va xarajatlar (sarmoyalar, mehnat, vaqt, bozor sig‘imining o‘zlashtirilgan ulushi) ning har xil nisbatlarini ekspert yo‘li bilan aniqlangan xuddi shunday standartlar bilan solishtirishda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini baholashga imkon beradi. Bunday baho bir qator ko‘rsatkichlar va standartlar (normativlar) dan foydalanish bilan beriladi, unga erisha turib, korxona raqobatbardosh bo‘ladi. Standartlarni ishlab chiqish usullari g‘oyatda turli-tumanligi bilan ajralib tradi. CHunki rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlari amaliyoti asrdan ortiqqa tengdir. Hozir ular orasidan ekspertli baholarga afzallik berilmoqda.
Umuman, korxona salohiyati raqobatbardoshligini o‘zgarishi – bu uning tijorat sirining o‘zagidir. SHuning uchun ham bunday baholashning eng muhim va batafsil usullarini korxona menejerlari sir tutishga harakat qiladilar. Etakchi indikatorlarning aniq miqdorlari va ularni boshqarish strategiyasi odatda korporatsiyalar uchun maxfiy bo‘ladi. SHunga qaramasdan biznes bo‘yicha g‘arb adabiyotlarini ko‘rib chiqa turib, bozorning holati va korporatsiyalarning iqtisodiy xulqining orqasidan kuzata turib, eng ahamiyatli va ko‘proq foydalaniladigan standartlarni, korxonalar faoliyati natijalari va resurslari harakatining ularning raqobatbardoshligi ostida yotuvchi indekslarini ajratish mumkin.
Korxonaning raqobatbardoshligi salohiyati standartlari iqtisodiy va sotsiallarga bo‘linadi. Ular odatda sinchiklab tanlab olinadilar, ular etarlicha ko‘p yoki nisbatan kam bo‘lishi mumkin. Bu o‘tkazilayotgan tadqiqotning kengligiga bog‘liqdir. Bizning minimum korxona salohiyatining iqtisodiy raqobatbardoshligini baholashga imkon beruvchi beshta indikatorlar bilan belgilanadi. YA’ni: ashyoviy va axborot resurslari, iqtisodiy kenglik, vaqt, texnologiyalar, daromadlar darajasidan foydalanishning samaradorligi. Ushbu indikatorlardan kelib chiqqan holda korxona salohiyati iqtisodiy raqobatbardoshligini baholashning u yoki bu metodikasini tanlash mumkin. Ularni aniq misolda namoyish qilamiz:
Misol.
Indikatorlar va ularga mos ko‘rsatkichlar sifatida quyidagilarni olamiz:




  1. Download 1.79 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling