O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 1.79 Mb.
bet25/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

1.Boshqaruvning iqtisodiy usullari- boshqaruv obyektining iqtisodiy qonunlar talablaridan ongli ravishda foydalanishga asoslan gan iqtisodiy manfaatlariga ta’sir ko‘rsatish usullarining majmuasidan iboratdir. Bu usullarni ikki guruhga bolish mumkin: — respublika, viloyat, tuman idoralari tomonidan foydalaniladigan usullar; — tashkilotlar (korxonalar) tomonidan foydalaniladigan usullar. Iqtisodiy rag‘batlantirishning zamonaviy shakllariga quyidagilar kiradi: — ish haqi tizimi mehnatning miqdori va sifatiga muvofiq shakllantirish; — qo‘shimcha mukofotlar ko‘rinishidagi bonuslar, mukofotlar, asosiy ish haqiga qo‘shimchalar; — xodimni tashkilot foydasini taqsimlashda ishtirok etishi; — xodimga nafaqa jamg‘armasini shakllantirish ko‘rinishida imtiyoz va yengilliklar berish, xodimning xavfsizligini ta’minlash, unga transport xizmatlari, turar-joy ijarasi.
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir. Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. Bu maqsadda qo‘shimcha ish haqi to‘lash, mukofotlar berish, bir yo‘la katta pul bilan taqdirlash kabilar muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy usullar boshqarishning barcha usullari ichida yetakchi o‘rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbarbu usulning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to‘g‘ri qo‘llay olishi kerak. Boshqariluvchi ob’ektga iqtisodiy usullar orqali ko‘rsatiladigan ta’sir korxonalarni:

  • jiddiy rejalar qabul qilishga;

  • mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga;

  • yangi texnologiyalarni joriy qilishga;

  • mehnat unumdorligini oshirishga;

  • raqobatbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag‘batlantiruvchi va shunga da’vat etuvchi bo‘lishi kerak.

SHular bilan birgalikda, iqtisodiy usullar shunday tanlanishi va qo‘llanilishi kerakki, bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo‘lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga ham foydali bo‘lsin.
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga:

  • kredit va foiz stavkasi;

  • soliq va soliq yuki;

  • boj to‘lovlari;

  • subsidiya va sanksiya;

  • litsenziya;

  • transfert to‘lovlari;

  • narx-navo va h.k.lar kiradi.

Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo‘llab, bozorni shakllantirish chog‘ida ham, uning o‘zini-o‘zi boshqarishi bosqichida ham g‘oyat muhim jarayonlarni boshqaradi.
Davlat kredit tizimi orqali iqtisodiyotga faol ta’sir etadi. Bunda qarzga beriladigan pul miqdorini o‘zgartirish uchun foiz stavkasidan foydalaniladi. Bozor qoidasiga ko‘ra foiz kamaysa, qarz pulga talab oshadi. Binobarin, kredit ko‘proq olinadi va ishlab chiqarishga ko‘proq investitsiya qilinadi.
Kreditning iqtisodiy o‘sishiga aloqadorligini hisobga olgan holda davlat uni arzonlashtirish choralarini ko‘radi. Davlatning qo‘lida katta pul to‘planadi, bu pul bankka qo‘yiladi va ishlatilishiga qadar kredit resursini tashkil etadi. Davlatning puli kapital bozoriga chiqib kreditning taklifini ko‘paytiradi.
Davlat soliq tizimi orqali iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazadi va boshqarish jarayonida qatnashadi. Soliqlar hamma mamlakatlarda mavjud bo‘lib, majburiy to‘lov shaklida firmalar, tashkilotlar va aholi tomonidan faqat davlatga to‘lanadi. Davlat jamiyat a’zolariga, ular kim bo‘lishidan qat’iy nazar ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi. Bu xizmatlar jumlasiga:

  • mudofaa;

  • tinchlik va xotirjamlikni, ijtimoiy tartibni ta’minlash;

  • obodonchilik va sanitariya-gigiena ishlarini badarish;

  • davlatni idora qilish;

  • davlat xavfsizligini ta’minlash;

  • ekologik muhitni asrash;

  • tabiiy boyliklarni himoya qilish;

  • ommaviy savodxonlikni ta’minlash;

  • nochorlarga yordam berish, ularni ijtimoiy himoya qilish kabi ishlar kiradi.

Soliqlar boshqarish jarayoniga quyidagi uch vazifani bajarish orqali o‘z ta’sirini ko‘rsatadi:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling