O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 1.79 Mb.
bet32/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

Mehnatni boshqarish turlari

G‘arbiy adabiyotlarda mehnatni boshqarishning rivojlanishi XX asr menejmenti nazariyachilar F.Teylor, E.MeYO, R.Likert va boshqalarning ishlari bilan bog‘laydilar. Ba’zi bir tadqiqotchilar iqtisodiy o‘sishning sanoatlashganga qadar, sanoatlashgan va ilmiy-texnik variantlariga mos keluvchi mehnatni boshqarishning hunarmandchilik, texnokratik va innovatsion turlarini ajratishni taklif qiladilar (5-jadval).


5-Jadval
Iqtisodiy o‘sishning har xil bosqichlaridagi
mehnatni boshqarishning turlari





Iqtisodiy o‘sishning turi

Mehnatni boshqarish

Moddiy asos

Tizimni tashkil qiluvchi omil

Mehnatni boshqarishning turi

Sanoatlashganga qadar

Manufaktura ishlab chiqarish

Xususiy ishchilarning
kooperatsiyasi

Hunarmandchilik



Sanoatlashgan

Yirik mashinali ishlab chiqarish

“Tirik qo‘shimcha”larga ega mashinalar tizimi

Texnokratik

Ilmiy-texnik

YAngilik kiritishlarga asoslangan egiluvchan ishlab chiqarish

Ilmiy-ishlab chiqarish davrasidagi o‘zaro hamkorlik

Innovatsion

Bunday davrlarga ajratish jiddiy asoslarga egadir.


Xunarmandchilik turi mehnatni boshqarishning oddiy shaklidan iborat bo‘lgan.ssexli tuzilma doirasini buzgan holda, manufaktura oldinlari mustaqil bo‘lgan kasblarni kombinatsiyalashtirgan, bevosita ishlab chiqarish jarayoniga mehnat taqsimotini kiritgan. SHuning bilan bir tomondan ishchilarning o‘zlari ierarxik chegaralash, boshqa tomondan esa – oldin mustaqil bo‘lgan ishchini yagona jamoaga va intizomga bo‘ysundirish zaruriyati paydo bo‘lgan. O‘sha sharoitlarda mehnatni boshqarishning vazifalari vujudga kelgan mehnatni tashkil qilish, ish haqi tizimi va ish tartibini qo‘llab-quvvatlash, ijrochilar ustidan kuzatish va nazoratni amalga oshirishdan iborat bo‘lgan.
Mashinali ishlab chiqarishga o‘tish bilan mehnatni umumlashtirish shakllarida sifatiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Mehnatni texnokratik boshqarish shakllangan. U mehnatni ko‘proq taqsimlash va xodimlarni ixtisoslashtirish, ijrochilik mehnatni tashkiliydan boshqaruv mehnatini ajratish bilan ayirish, iqtisodiy majbur qilishning qat’iy shakllarini mo‘ljallash tamoyillariga asoslanadi. Evolyusiyaning borishida ushbu tur texnik taraqqiyot, mehnat munosabatlari tizimidagi ilgari siljishlar, davlat siyosati, olimlar va ishlab chiqarish tashkilotchilarining izlanishlari ta’siri ostida katta o‘zgarishlarga duchor bo‘lgan.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling