O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 1.79 Mb.
bet37/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

Rejalashtirish boshqaruv jarayonining birinchi, g‘oyatda muhim vazifasi bo‘ladi. Agar rejaviy ko‘rsatkichlar etarlicha asoslanmagan bo‘lsalar, tashkilot keyingi bosqichlarda qanchalik yaxshi ishlanmasin, natija past bo‘ladi. Shuning uchun boshqaruvning sifati rejalashtirishning to‘g‘ri shakllantirilgan tamoyillariga bog‘liqdir.
Rejalashtirish vazifasi quyidagi savollarga javob qaytarishga qaratilgan:

  • Biz hozirgi vaqtda qaerda turibmiz? Menejerlar tashkilot haqiqatdan ham nimalarga erishishi mumkinligini aniqlash uchun, tashkilotning uning asosiy sohalari (moliya, xodimlar, marketing, ITTKI) dagi kuchli va zaif tomonlarini baholashlari kerak;

  • Biz qaysi tomonga harakatlanishni xoxlaymiz? Menejerlar tashkilotning atrof-muhitidagi imkoniyatlar va xavflarni baholab turib, tashkilotning maqsadlari qanday bo‘lishi kerakligini va ularga erishishga nimalar xalaqit berishlari mumkinligini belgilashlari kerak;

  • Buni biz qanday qilmoqchimiz? Menejerlar tashkilot a’zolari maqsadlarga erishmog‘i uchun nimalar qilishlari kerakligini hal qiladilar.

Quyidagilar rejalashtirishning tamoyillariga kiradi:

Bularga rioya qilish asoslangan rejani ishlab chiqishning majburiy sharti bo‘ladi.
“Rejalashtirish” vazifasi ko‘pincha maqsadni mo‘ljallashdan boshlanadi.
Gap shundaki, agar tizimning maqsadlari berilmagan, tizimning mohiyati asoslanmagan bo‘lsa, ularni belgilash, ya’ni maqsadni mo‘ljallash eng muhim vazifa bo‘ladi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling