O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Samarali quloq solishning 10 qoidasi


Download 1.79 Mb.
bet47/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

Samarali quloq solishning 10 qoidasi



T/R

Qoidalar

Izoh

1.

So‘zlashdan to‘xtang

  • Gapirib turib tinglab bo‘lmaydi. Poloniy (Gamletga) “hammani eshit, ammo hammaga gapirma” deganini eslang

2.

So‘zlovchiga o‘zini erkin tutishiga yordamlashing

  • Gapiruvchi kishiga o‘zini erkin tutishi uchun sharoit yarating. Ko‘pinchp buni hal qiluvchi muhitni yaratuvchi deb atashadi.

3.

O‘zingizni so‘zlovchiga quloq solayotganingizni ko‘rsating

  • O‘zingizni manfaatdor ekanligingizni ko‘rsating va shunga mos ravishda harakat qiling. So‘zlashuv jarayonida gazeta, jurnal o‘qimang. Eshita turib unga rad qilish bahonalarini izlamasdan, balki uni tushunishga harakat qiling.

4.

G‘ashga tegadigan holatlarni bartaraf qiling

  • Rasm chizib turmang, stolga urmang, qog‘ozlarni bir joydan ikkinchi joyga qo‘zg‘atavermang, ehtimol eshik yopib qo‘yilsa, xonada sokinlik bo‘ladi.

5.

Bardoshli bo‘ling

  • Vaqtni ayamang. So‘zlaguvchini bo‘lmang. CHiqishga zo‘r bermang, eshik tomon qadam bosmang.

6.

So‘zlovchiga hamdard bo‘ling

  • So‘zlovchini o‘zingizning o‘rningizga qo‘yib ko‘ring.

7.

Xarakteringizni saqlay biling

  • G‘azablangan kishi suhbat mazmuniga noaniqlik kiritish payida bo‘ladi.

8.

Bahsga va tanqidga yo‘l qo‘ymang

  • Bunday hol so‘zlovchini himoyaga o‘tishga majbur qiladi. U jim bo‘lib qolishi yoki jahli chiqishi mumkin. Aynan bahsda g‘olib chiqib, bu bilan yutqazgan bo‘lasiz.

9.

Savollar bering

  • Bu so‘zlovchini ilhomlantiradi, u Sizning uni quloq solayotganingizga yana bir bor iqror bo‘ladi. Bu oldinga jilishga yordam beradi.

10.

So‘zlashdan to‘xtang

  • Birinchi maslahat ham shundan boshlangan. Oxiri ham shu bilan tugaydi. Zero, qayd qilinganlarning barchasi shunga bog‘liq. Siz gapirishdan to‘xtamas ekansiz, demak, samarali quloq solishni ham bilmaysiz.

Quloq solishni istamaydiganlar asosli qarorlar qabul qilish uchun yetarli axborotni olishga muvaffaq bo`lmaydilar.


Siz qanchalik ko’p boshqalarni tinglasangiz, shunchalik tez dono kishiga aylanasiz. Hamsuhbat sifatida odamlar sizni yaxshi ko’rishadi. Eshitishni biladigan odam atrofiga gapirishni biladigan ko’proq odam to’plashi mumkin.
Chunki yaxshi eshituvchi suhbatdosh uchun eng yoqimli bo’lgan o’z-o’zini tinglash imkonini beradi.
Hayotda ajoyib eshituvchi bo’lishdan ko’ra boshqa narsa sizga ko’proq foyda keltirmaydi. Yaxshi eshituvchi bo’lish oson vazifa emas.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling